# Kafolat davrida telefon (texnika) buzilsa nima qilish kerak? > HuquqTech · https://www.huquqtech.uz/savol/kafolat-davrida-telefon-buzilsa-nima-qilish-kerak > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **Huquq sohalari:** Iste'molchi huquqlari ## Qisqa javob Sotuvchiga murojaat qiling: siz tanlovingizga ko'ra tovarni almashtirishni, bepul ta'mirlashni, narxni kamaytirishni yoki pulni qaytarib, shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqlisiz. Nuqson kafolat muddati ichida chiqqan bo'lishi kerak. Talabni yozma ravishda, ikki nusxada bering. Chek, kafolat taloni va qadoqni saqlang. Sotuvchi nuqson sababini aniqlash uchun ekspertiza o'tkazishi mumkin; nuqson xaridor aybi bilan paydo bo'lmagan bo'lsa, xarajat sotuvchi zimmasida. Sotuvchi rad etsa, iste'molchilar huquqlarini himoya qilish organiga yoki sudga murojaat qiling. ## Qonun asosi ### IHQ 13-modda — Isteʼmolchiga nuqsonli tovar sotilganda uning huquqlari > Nuqsonli tovar sotilganda isteʼmolchi, agar bu hol shartnoma tuzish paytida aytib oʻtilmagan boʻlsa, oʻz xohishiga qarab quyidagilardan birini talab qilishga haqli: tovarni ayni shunday markali (modelli, artikulli) maqbul sifatli tovarga almashtirib berish; tovarni boshqa markali (modelli, artikulli) shunday tovarga almashtirib, uning xarid narxini tegishincha qayta hisob-kitob qilish; tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish yoki isteʼmolchining yoxud uchinchi shaxsning nuqsonlarni bartaraf etishga qilgan xarajatlarini qoplash; xarid narxini nuqsonga mutanosib ravishda kamaytirish; shartnomani bekor qilib, koʻrilgan zararni qoplash. Agar nuqsonlar: tovarning kafolat muddati yoxud yaroqli… https://www.huquqtech.uz/qonun/IHQ/13 ### IHQ 15-modda — Tovar nuqsonlarini bepul bartaraf etish tartibi > Tovarda kafolat muddatida topilgan nuqsonlarni sotuvchi isteʼmolchi tegishli talab qoʻygan paytdan eʼtiboran yigirma kun ichida, ishlab chiqaruvchi esa, oʻn kun ichida bepul bartaraf etishi lozim. Isteʼmolchi kafolat muddati tugaganidan keyin tovarning nuqsonlarini bepul bartaraf etish toʻgʻrisida ishlab chiqaruvchiga talab qoʻyishga haqli. Bunday talab, basharti tovarda ishlab chiqaruvchining aybi bilan yoʻl qoʻyilgan jiddiy nuqsonlar aniqlangan boʻlsa, belgilangan xizmat muddati mobaynida, agar xizmat muddati belgilanmagan boʻlsa, oʻn yil mobaynida qoʻyilishi mumkin. Uzoq muddat davomida foydalaniladigan tovarni taʼmirlashga ketadigan vaqtda foydalanib turish uchun isteʼmolchining talabiga… https://www.huquqtech.uz/qonun/IHQ/15 ### IHQ 14-modda — Nuqsonli tovarni almashtirib berish tartibi > Isteʼmolchi tovarning ishlab chiqarilishiga, tuzilishiga, tarkibiga doir kamchiliklarni yoki boshqa nuqsonlarni aniqlagan taqdirda sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) uni ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovarga yetti kunlik muddatda, tovar sifatini sotuvchi (ishlab chiqaruvchi) tomonidan qoʻshimcha ravishda tekshirish zarur boʻlganida esa, isteʼmolchi talab qoʻygan paytdan eʼtiboran yigirma kun ichida almashtirib berishi shart. Ayni shunday markali (modelli, artikulli) tovar boʻlmagan taqdirda, isteʼmolchining almashtirib berish xususidagi talabi daʼvo qilingan paytdan eʼtiboran bir oy ichida qondirilishi kerak. Choʻl va olis joylarda, tovarlar vaqti-vaqti bilan olib boriladigan joylarda… https://www.huquqtech.uz/qonun/IHQ/14