# Kamera yozgan jarimani to'lashim shartmi? > HuquqTech · https://www.huquqtech.uz/savol/kamera-yozgan-jarimani-tolash-shartmi > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **Huquq sohalari:** Ma'muriy javobgarlik ## Qisqa javob Ha, avtomatik foto-video qayd etish vositasi yozgan qoidabuzarlik uchun jarima qonuniy. Javobgarlikka transport vositasining mulkdori yoki uni qonuniy asosda boshqarayotgan shaxs tortiladi. Rozi bo'lmasangiz, qarorga belgilangan muddatda shikoyat qilish mumkin. Mashinani boshqa shaxs ijara yoki ishonchnoma asosida boshqargan bo'lsa, buni hujjat bilan tasdiqlab shikoyat qiling. Jarimani o'z vaqtida to'lamaslik qo'shimcha oqibatlarga olib keladi. ## Qonun asosi ### MJK 17-1-modda — Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning maʼmuriy javobgarligi > Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish texnika vositalari orqali ushbu Kodeks 125-moddasining birinchi (xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga rioya etmaslikka oid qismida), beshinchi va oltinchi qismlarida, 128 (bundan ushbu moddaning yoʻlning qatnov qismidagi chiziqlar bilan belgilangan talablarga rioya etmaslikka, tashqi yoritish asboblaridan foydalanish qoidalarini buzishga, yoʻlovchilarga yoki piyodalarga loyqa sachratishga oid qismlari mustasno), 128-1, 128-3, 128-4, 128-5, 128-6, 128-7, 128-9, 128-10, 129 va 130-moddalarida, 135-moddasining ikkinchi (transport vositalarini boshqarish huquqiga ega boʻlmagan shaxslarga taalluqli qismida) va uchinchi qismlarida nazarda… https://www.huquqtech.uz/qonun/MJK/17-1 ### MJK 25-modda — Jarima > Jarima maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etishda aybdor shaxsdan davlat hisobiga pul undirishdir. Jarimaning miqdori maʼmuriy huquqbuzarlik sodir etilgan vaqtdagi, davom etayotgan maʼmuriy huquqbuzarlik uchun esa bu huquqbuzarlik aniqlangan vaqtdagi belgilab qoʻyilgan bazaviy hisoblash miqdoridan kelib chiqqan holda belgilanadi. Fuqarolarga solinadigan jarimaning eng kam miqdori bazaviy hisoblash miqdorining ellikdan bir qismidan, mansabdor shaxslarga esa — oʻndan bir qismidan kam boʻlmasligi kerak. Fuqaro va xizmatchilarga solinadigan jarimaning eng koʻp miqdori bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan, mansabdor shaxslarga esa — oʻn baravaridan oshmasligi kerak. Baʼzi huquqbuzarliklar uch… https://www.huquqtech.uz/qonun/MJK/25