# O'z xohishim bilan ishdan qanday ketaman? > HuquqTech · https://www.huquqtech.uz/savol/oz-xohishim-bilan-ishdan-qanday-ketaman > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **Huquq sohalari:** Mehnat huquqi ## Qisqa javob Ish beruvchini oldindan YOZMA ravishda ogohlantirasiz (ariza yozasiz). Ogohlantirish muddati qonunda belgilangan — u o'tgach shartnoma bekor qilinadi, oxirgi kuni buyruq nusxasi va to'liq hisob-kitob beriladi. Arizani ikki nusxada yozing va ikkinchi nusxaga qabul qilingan sana bilan imzo qo'ydiring — ogohlantirish muddati shu kundan hisoblanadi. Ish beruvchi bilan kelishsangiz, shartnomani muddatdan oldin ham bekor qilish mumkin. Ishdagi oxirgi kuni ishdan bo'shatish buyrug'i rasmiylashtiriladi, ish haqi va foydalanilmagan ta'til uchun kompensatsiya to'lanadi. Hisob-kitob qilinmasa, mehnat inspeksiyasiga yoki sudga murojaat qilish mumkin. ## Qonun asosi ### MK 160-modda — Mehnat shartnomasini xodimning tashabbusiga koʻra bekor qilish > Xodim nomuayyan muddatga tuzilgan mehnat shartnomasini, shuningdek muddati tugaguniga qadar muddatli mehnat shartnomasini oʻn toʻrt kalendar kun oldin bu haqda ish beruvchini yozma shaklda ogohlantirgan holda bekor qilishga haqli. Oʻz tashabbusiga koʻra bekor qilinganda ish beruvchini ogohlantirishning boshqa muddatlari quyidagilarga nisbatan belgilab qoʻyilgan: tashkilot rahbari, uning oʻrinbosarlari, tashkilotning bosh buxgalteri va tashkilot alohida boʻlinmasining rahbari (ushbu Kodeks 489-moddasining uchinchi va toʻrtinchi qismlari); mavsumiy xodimlar (ushbu Kodeks 494-moddasining birinchi qismi); vaqtinchalik ishlarda band boʻlgan shaxslar (ushbu Kodeks 499-moddasining birinchi qismi); … https://www.huquqtech.uz/qonun/MK/160 ### MK 170-modda — Mehnat shartnomasini bekor qilishni rasmiylashtirish > Mehnat shartnomasini bekor qilish ishga qabul qilish huquqiga ega boʻlgan shaxslar tomonidan amalga oshiriladi va ish beruvchining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Oxirgi ish kuni mehnat shartnomasi bekor qilingan kundir. Agar oxirgi ish kuni dam olish kuniga yoxud ishlanmaydigan bayram kuniga yoki boshqa ishlanmaydigan kunga toʻgʻri kelsa, undan keyin keladigan birinchi ish kuni oxirgi ish kuni deb hisoblanadi. Ish beruvchining buyrugʻida mehnat shartnomasini bekor qilish asoslari ushbu Kodeksning yoxud tegishli qonunning moddasiga (bandiga) havola qilingan holda ushbu Kodeks yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlar moddalarining (bandlarining) taʼriflariga aniq muvofiq tarzda koʻrsa… https://www.huquqtech.uz/qonun/MK/170 ### MK 234-modda — Har yilgi mehnat taʼtilini pulli kompensatsiya bilan almashtirish > Mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qoʻshimcha mehnat taʼtillari uchun pulli kompensatsiya toʻlanadi. Xodimlarga ish davrida ularning xohishiga koʻra har yilgi mehnat taʼtili uchun taʼtilning ushbu Kodeksning 217-moddasida belgilangan eng kam davomiyligidan tashqari pulli kompensatsiya toʻlanishi mumkin. Pulli kompensatsiya toʻlashda yakshanba kuni inobatga olinmaydi. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan xodimlarga, I yoki II guruh nogironligi boʻlgan xodimlarga beriladigan ijtimoiy taʼtillarning barcha turlaridan, har yilgi uzaytirilgan asosiy mehnat taʼtillaridan, shuningdek ushbu Kodeksning 481 va 483-moddalarida nazarda tutilgan qoʻshimcha taʼtil… https://www.huquqtech.uz/qonun/MK/234