# Qarzni qaytarmasa nima qilish kerak? > HuquqTech · https://www.huquqtech.uz/savol/qarzni-qaytarmasa-nima-qilish-kerak > Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling. **Huquq sohalari:** Shartnoma va fuqarolik huquqi ## Qisqa javob Avval qarzdorga yozma talab yuboring: muddat kelishilmagan bo'lsa, qarz talab qilingan kundan boshlab qonundagi muddatda qaytarilishi shart. Qaytarmasa — sudga da'vo arizasi beriladi. Da'vo muddati cheklangan, kechiktirmang. Asosiy dalil — tilxat yoki yozma shartnoma. Qonunda belgilangan summadan katta qarz yozma shaklda bo'lishi shart: yozma shakl bo'lmasa, qarzni guvohlar ko'rsatmasi bilan isbotlab bo'lmaydi, lekin bank o'tkazmasi, xabarlar va boshqa yozma dalillar ishlatilishi mumkin. ## Qonun asosi ### FK2 735-modda — Qarz oluvchining qarz summasini qaytarish majburiyati > Qarz oluvchi olingan qarz summasini qarz shartnomasida nazarda tutilgan muddatda va tartibda qarz beruvchiga qaytarishi shart. Agar qarz summasini qaytarish muddati shartnomada belgilangan boʻlmasa, qarz oluvchi uni qarz beruvchi qarzni qaytarish haqida talab qoʻygan kundan boshlab oʻttiz kun mobaynida qaytarishi kerak. Foizsiz qarz summasi qarz oluvchi tomonidan muddatidan oldin qaytarilishi mumkin. Foiz evaziga berilgan qarz summasi, agar qarz shartnomasida koʻzda tutilgan boʻlsa yoki qarz beruvchining roziligi bilan, muddatidan oldin qaytarilishi mumkin. https://www.huquqtech.uz/qonun/FK2/735 ### FK2 733-modda — Qarz shartnomasining shakli > Fuqarolar oʻrtasida qarz shartnomasi, agar bu qarzning summasi bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan ortiq boʻlsa, oddiy yozma shaklda tuzilishi shart, shartnomadagi taraflardan biri yuridik shaxs boʻlganida esa summasidan qatʼi nazar, yozma shaklda tuzilishi shart. Qarz shartnomasining yozma shakliga rioya qilmaslik ushbu Kodeksning 109-moddasida nazarda tutilgan oqibatlarga olib keladi. Agar qarz oluvchining tilxati yoki unga qarz beruvchi tomonidan muayyan summa yoki muayyan miqdordagi ashyolar topshirilganligini tasdiqlaydigan boshqa hujjat mavjud boʻlsa, qarz shartnomasi yozma shaklda tuzilgan hisoblanadi. Agar qarz majburiyati qarz oluvchi tomonidan berilgan veksel, obligatsiya… https://www.huquqtech.uz/qonun/FK2/733 ### FK 150-modda — Umumiy daʼvo muddati > Umumiy daʼvo muddati — uch yil. https://www.huquqtech.uz/qonun/FK/150