PQ-374-son Qaror · 08.06.2006

Ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralarni soliqqa tortish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-374
  • Qabul qilingan sana:08.06.2006
  • Kuchga kirgan sana:08.06.2006
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 23

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Ulgurji va chakana savdoni liberallashtirish hamda uni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoit yaratish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 23-fevraldagi PF-3722-sonli Farmonini ijro etish yuzasidan hamda ulgurji-xarid va tovar ayirboshlash operatsiyalarini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash va transport vositalarini sotib olish uchun ixtisoslashtirgan ulgurji baza-kontoralarining aylanma mablagʻlarini shakllantirishga koʻmaklashish maqsadida:

1. 2006-yil 1-iyundan boshlab Ulgurji savdo korxonalari uyushmasi tizimiga kiruvchi respublika Ixtisoslashtirilgan ulgurji baza-kontoralari va ularning hududiy (viloyat, viloyatlararo va tumanlararo) bazalari uch yil muddatga yalpi daromad soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son Qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2009-y., 52-son, 560-modda)

3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki hafta muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq qoʻmitasi Adliya vazirligi bilan birgalikda idoraviy normativ hujjatlarning ushbu qarorga muvofiq boʻlishini taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 8-iyun,

PQ-374-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.