HuquqTech

Metodologiya va tahririy siyosat

HuquqTech — huquqiy ma'lumot platformasi. Quyida javoblar qanday tayyorlanishi, manba qayerdan olinishi va qanday cheklovlar borligi ochiq yozilgan. Bu sahifa foydalanuvchiga ham, javobimizni iqtibos keltiradigan qidiruv va AI tizimlariga ham mo'ljallangan.

Hozir bazada: 21 ta hujjat, 7 126 ta modda. Manba — lex.uz.

1. Manba — faqat rasmiy qonun matni

Platformadagi barcha qonun matni O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari milliy ma'lumotlar bazasi — lex.uz dan olinadi. Boshqa hech qanday ikkilamchi manba, sharh yoki tarjima to'plami ishlatilmaydi.

Rus tilidagi modda matni mashina tarjimasi EMAS: lex.uz o'zi chop etadigan rasmiy rus nashridan alohida yuklab olinadi. Shu sabab ruscha o'qiyotgan foydalanuvchi ham huquqiy jihatdan aniq matnni ko'radi.

2. Yangilanish tartibi

Har bir hujjat har 24 soatda avtomatik tekshiriladi. Modda matni o'zgargani mazmun bo'yicha aniqlanadi — o'zgarmagan moddalar qayta ishlanmaydi, o'zgarganlari esa darhol yangilanadi.

Qonun matni platformaning hech bir joyiga NUSXALANMAYDI. Dars, savol-javob va AI javobidagi har bir iqtibos bazadan real vaqtda olinadi. Ya'ni lex.uz da tahrir o'zgarsa, sayt ham o'z-o'zidan yangilanadi va eskirgan raqam qolib ketmaydi.

3. AI javobi qanday tayyorlanadi

Savol tahlil qilinadi va huquq sohasi aniqlanadi. So'ng savol rasmiy huquqiy atamalar bilan kengaytiriladi: foydalanuvchi kundalik tilda yozadi, qonun esa rasmiy atama ishlatadi.

Kengaytirilgan so'rov bo'yicha qonun bazasidan eng mos moddalar qidirib topiladi (RAG — Retrieval-Augmented Generation). AI modeliga manba sifatida FAQAT shu topilgan matn beriladi.

Model uchun qat'iy qoida amal qiladi: muddat, foiz, summa yoki jazo o'lchami topilgan matnda bo'lmasa, uni taxmin qilish TAQIQLANADI — javobda tekshirish tavsiya etiladi. Umumiy AI chatbotlaridagi asosiy xato — modda raqamini o'ylab topish — aynan shu qoida bilan oldi olinadi.

4. Nima tekshiriladi

Darslar va savol-javob sahifalaridagi har bir qonun havolasi bazaga solishtirib tekshiriladi: modda mavjudmi va uning sarlavhasi mavzuga mos keladimi. Mavjud, lekin noto'g'ri moddaga havola sahifada jimgina noto'g'ri iqtibos ko'rsatardi — shuning uchun faqat "modda bor" tekshiruvi yetarli emas.

Hujjat manzillari ham taxmin qilinmaydi: har bir lex.uz hujjati sahifa ochilishi va SARLAVHASI kutilganiga mos kelishi bo'yicha alohida tasdiqlanadi.

5. Cheklovlar (ochiq aytilgan)

HuquqTech advokat emas va advokat xizmatini almashtirmaydi. U dastlabki yo'naltirish va umumiy huquqiy ma'lumot beradi. Sud jarayoni, shartnoma imzolash yoki jiddiy moliyaviy oqibatga ega qarorlar uchun malakali mutaxassisga murojaat qiling.

Javoblar faqat O'zbekiston Respublikasi qonunchiligiga tegishli; boshqa davlatlar huquqi qamrab olinmagan.

Qidiruv 100% aniq emas: ba'zan eng mos emas, yaqin mavzudagi modda topilishi mumkin. Shuning uchun har bir javobda qonun moddasining o'ziga havola beriladi — foydalanuvchi manbani o'zi o'qib tekshirishi mumkin.

6. Xato topsangiz

Noto'g'ri iqtibos yoki eskirgan matn topsangiz, bizga xabar bering — tekshirib tuzatamiz. Aloqa: toxirovi82@gmail.com yoki Telegram: @mening_huquqlarim_bot

Huquqiy savollar va javoblar

O'zbekiston qonunchiligi bo'yicha eng ko'p beriladigan savollarga qisqa va aniq javoblar — har biri amaldagi kodeks moddasiga tayanadi.

Barcha savollar