PQ-476-son Qaror · 27.09.2006

Malayziya fuqarolari uchun viza tartibini soddalashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-476
  • Qabul qilingan sana:27.09.2006
  • Kuchga kirgan sana:27.09.2006
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 39

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Malayziya oʻrtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy hamkorlikni yanada avj oldirish, Oʻzbekiston Respublikasiga ish yuzasidan va sayyohlik hamda ziyorat qilish maqsadida kelayotgan Malayziya fuqarolariga vizalarni rasmiylashtirish ish tartibini takomillashtirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi:

— Oʻzbekistonga ish yuzasidan keladigan Malayziya fuqarolariga Oʻzbekiston Respublikasidagi taklif qilayotgan yuridik shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligiga murojaat etishi talabi bekor qilingan holda, 6 oy muddatgacha boʻlgan koʻp martalik vizalarni Oʻzbekiston Respublikasining chet el muassasalarida hujjatlar qabul qilingan kun hisobga olinmasdan 2 ish kuni mobaynida rasmiylashtirsin;

(1-bandning uchinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-maydagi PF-5447-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 25.05.2018-y., 06/18/5447/1269-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, “Oʻzbekturizm” Milliy kompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda oʻz idoraviy normativ hujjatlarini ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 27-sentabr,

PQ-476-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.