Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi faoliyatini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 21-avgustdagi PQ-446-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2006—2008-yillarda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarini chuqurlashtirish toʻgʻrisida” 2006-yil 10-iyuldagi PQ-407-sonli qarorining 3-ilovasidagi 46-pozitsiyasi quyidagi mazmundagi 46-1 va 46-2-pozitsiyalarga almashtirilsin:
46-1 3-1 “Oʻzneftgazqazibchiqarish” AK Toshkent sh. 51,00 - 44,62 46-2 3-2 “Oʻzgeoburgʻuneftgaz” AK Qarshi sh. 51,00 - 44,62
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-martdagi PF-5968-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 19.03.2020-y., 06/20/5968/0331-son)
3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (F.X. Otaxonov) zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 7-noyabr,
PQ-506-son