PF-3818-son Farmon · 15.11.2006

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3818
  • Qabul qilingan sana:15.11.2006
  • Kuchga kirgan sana:15.11.2006
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:ЎР ҚT 46-47

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qimmatli qogʻozlar bozorini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 27-sentabrdagi PQ-475-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (F.X. Otaxonov) zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 15-noyabr,

PF-3818-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 15-noyabrdagi PF–3818-sonli Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi hujjatlariga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 8-iyuldagi PF-6021-son Farmoniga asosan 2020-yil 1-avgustdan oʻz kuchini yoʻqotadi — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 09.07.2020-y., 06/20/6021/1047-son)

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Pul massasi oʻsishini cheklash va moliya intizomiga rioya etish masʼuliyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2002-yil 30-martdagi PF-3047-sonli Farmonining 8-bandi chiqarib tashlansin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2006-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-244-sonli Farmoni 4-bandining toʻrtinchi xatboshidagi “stavka boʻyicha saqlab qolinsin” soʻzlaridan keyin “qimmatli qogʻozlar bozorida brokerlik faoliyatini yuritayotgan mikrofirmalar va kichik korxonalar bundan mustasno, ular yalpi daromadning 10 foizi miqdoridagi stavka boʻyicha yagona soliq toʻlaydilar” soʻzlari ilova qilinsin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.