PQ-571-son Qaror · 19.01.2007

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-571
  • Qabul qilingan sana:19.01.2007
  • Kuchga kirgan sana:19.01.2007
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 3

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 20-moddasiga muvofiq:

1. Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligida ishtirok etuvchi davlatlarning transportda jinoyatchilikka qarshi kurashdagi hamkorligi toʻgʻrisida 2004-yilning 15-sentabrida Ostona shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida depozitariyga tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu qarorning 1-bandida koʻrsatilgan xalqaro shartnomadan kelib chiqadigan Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari ijrosi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 19-yanvar,

PQ-571-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.