Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Meva-sabzavotchilik va uzumchilik sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 9-yanvardagi PF-3709-sonli Farmoniga muvofiq:
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilari uchun yagona yer soligʻini joriy etish toʻgʻrisida” 1998-yil 10-oktabrdagi PF-2086-son Farmonining 6-bandi quyidagi mazmundagi xatboshi bilan toʻldirilsin:
“tugatilayotgan shirkatlar negizida barpo etiladigan bogʻdorchilik va uzumchilik fermer xoʻjaliklari ularni davlat roʻyxatidan oʻtgan paytdan boshlab yagona yer soligʻi toʻlashdan 5 yil muddatga ozod qilinadi. Soliq solishdan boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli tartibda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni rivojlantirishga, bogʻ va uzumzorlar barpo etish hamda ularni kengaytirishga yoʻnaltiriladi”.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 17-aprel,
PF-3741-son