Oʻzbekiston Respublikasi hududiga foydalanilgan avtotransport vositalari olib kirilishini tartibga solish maqsadida:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2006-yil 18-dekabrdagi PQ-532-son qarorining 9-2-raqamli ilovasiga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
Belgilansinki, kiritilgan oʻzgartishlar 2007-yilning 1-aprelidan boshlab kuchga kiradi.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 30-mart,
PQ-612-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 30-martdagi PQ-612-son qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 18-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari prognozi va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida”gi PQ-532-son qarorining 9-2-ilovasiga kiritilayotgan oʻzgartishlar
1. Rus tilidagi matnda “Nomer tovarnoy gruppi” ustuni 87-pozitsiyasining oltinchi-yettinchi xatboshilari quyidagi tahrirdagi beshta xatboshi tarzida bayon qilinsin:
2. Sakkizinchi — yigirma ikkinchi xatboshilar tegishlicha oʻn birinchi — yigirma beshinchi xatboshilar deb hisoblansin.