Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining imtiyozli kreditidan foydalanib “Onkologiya markazlarini tashxis uskunalari bilan jihozlash” investitsiya loyihasi (bundan buyon matnda – loyiha)ni amalga oshirish maqsadida:
1. Quyidagilar:
Oʻzbekistan Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining “Oʻzmedeksport” tashqi iqtisodiy korxonasi bilan “China National Technical Import & Export Corporation” (XXR) korporatsiyasi oʻrtasida XXR Hukumatining 5 yillik imtiyozli davrini ham qoʻshib hisoblaganda 20 yil muddatga beriladigan imtiyozli krediti hisobiga moliyalashtiriladigan 2498 ming AQSh dollari miqdoridagi 45 ta tashxis uskunalarini yetkazib berish va ularni 15 ta onkologiya markazlari (dispenserlari)da oʻrnatish toʻgʻrisida kontrakt tuzilgani;
Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki bilan XXR Eksimbanki oʻrtasida 2005-yil 1-noyabrda mazkur loyiha boʻyicha yakka tartibdagi qarz bitimi imzolangani;
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 2-maydagi 181–f-sonli farmoyishi bilan loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari tasdiqlangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. XXR Hukumatining imtiyozli kreditini toʻlashning prognoz jadvali ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
3. Belgilansinki, mazkur kontraktni moliyalashtirish XXR Eksimbanki kredit mablagʻlarini qayta moliyalash yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining kredita hisobidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar belgilansin:
Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va loyihani samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijrochi agentlik, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining krediti boʻyicha qarz oluvchi hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, foizlar, vositachilik haqini toʻlash, kredit xizmati va moliyalashtirishni tashkil etish bilan bogʻliq boʻlgan xarajatlar davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
toʻlovlar xitoy yuani joriy kursi boʻyicha AQSh dollarida amalga oshiriladi.
5. Kredit mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan uskunalardan maqsadli va samarali foydalanish masʼuliyati Sogʻliqni saqlash vazirligiga (F. Nazirov) yuklansin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda loyiha doirasida xarid qilinadigan uskunalarni yetkazib berishdan oldin onkologiya markazlari (dispanserlari)da ularni oʻrnatish uchun tegishli xonalar tayyorlashni taʼminlasin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi bilan XXR Eksimbanki kredit mablagʻlarini qayta moliyalash boʻyicha kredit shartnomasini tuzsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankiga – Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi majburiyatlari boʻyicha belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kafolat berishga vakil qilinsin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi beriladigan hukumat kafolatlari boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosani rasmiylashtirsin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning vizalari va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish, ularning muddatini uzaytirish rasmiylashtirilayotganda ular davlat boji, konsullik va boshqa yigʻimlar toʻlashdan ozod qilinsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2006-yil 24-fevral,
PQ-289-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 24-fevraldagi PQ-289-son qaroriga ILOVA
“Onkologiya markazlarini tashxis uskunalari bilan jihozlash” loyihasi boʻyicha XXR Hukumatining imtiyozli kreditini toʻlashning
Izoh:
* Asosiy qarzni qaytarishning birinchi sanasi Kredit shartnomasi kuchga kirgan sanaga bogʻliq.
** Foizlar va komissiya toʻlovlari summasi kreditning, yetkazib berish (tanlash) sanasining amalda oʻzlashtirilishiga qarab aniqlashtirib boriladi.
*** Kreditni tanlash davri prognoz hisoblanib, Kredit shartnomasi kuchga kirish sanasiga bogʻliq boʻladi.