Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-sentabrdagi PQ-478m-sonli qaroriga muvofiq hamda geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish va chuqur hamda qiya-gorizontal quduqlarni burgʻulab uglevodorodlar qazib olishning zarur darajasiga erishishni taʼminlash maqsadida:
1. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasining Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumatining eksport kreditlaridan foydalangan holda “Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻulash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:
“Oʻzgeoburneftgaz” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan konkurs tanlovi yakunlari boʻyicha Xitoy kompaniyalari bilan umumiy miqdori 209,1 mln. dollarlik, shu jumladan “China Petroleum Technology & Development Corporation, CPTDC” bilan qiymati 203,0 mln. dollarlik burgʻulash qurilmalari va maxsus texnika yetkazib berish, “China National Machinery Industry Corporation, SINOMACH” bilan qiymati 6,1 mln. dollarlik sementlashtiruvchi agregatlarni yetkazib berish toʻgʻrisida 1-ilovaga muvofiq shartnomalar tuzildi;
seysmik qidiruv uchun uskunalarni xarid qilish, 2-ilovaga muvofiq, “Oʻzbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan, belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
3. Belgilansinki, 1-ilovaga muvofiq, umumiy qiymati 209,1 mln. dollar boʻlgan burgʻulash uskunalari, shuningdek, maxsus texnikani yetkazib berish shartnomalarini moliyalashtirish quyidagicha amalga oshiriladi:
umumiy qiymatning 85 foizi Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobidan — XXR Eksimbankining 15 yil muddatga, shu jumladan 5 yil imtiyozli davr bilan beriladigan 177,6 mln. dollar miqdordagi kredit mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan;
31,5 mln. dollar miqdoridagi 15 foizi — “Oʻzbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan.
4. Quyidagilar:
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻulash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining asosiy texnik-iqtisodiy parametrlari 3-ilovaga muvofiq;
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻulash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasi boʻyicha XXR Eksimbanki kreditini toʻlash prognoz jadvali 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Belgilansinki:
“Oʻzbekneftgaz” MXK kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish, shuningdek qabul qilingan texnik-iqtisodiy hisob-kitob koʻrsatkichlari boʻyicha loyihaning oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun javobgar boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
XXR Eksimbanki kreditiga xizmat koʻrsatish boʻyicha asosiy qarzni uzish, foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni toʻlash “Oʻzbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki mazkur loyihani moliyalashtirish uchun:
XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimini tuzsin;
XXR Eksimbankining qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish boʻyicha “Oʻzbekneftgaz” MXK bilan kredit shartnomalari tuzsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziri XXR Eksimbankiga yakka tartibdagi qarz bitimi boʻyicha tasdiqnoma-xatni belgilangan tartibda berishga vakil etib tayinlansin.
8. XXR Eksimbanki, mazkur qarorda koʻrsatib oʻtilgan Xitoy sugʻurta agentliklari va kompaniyalari mazkur Loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaidan olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan ozod etilsin.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 27-fevraldagi PQ-1062-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2009-y., 10-11-son, 107-modda)
9. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXKning talabnomalariga koʻra Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
10. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi “Oʻzbekneftgaz” MXKning talabnomalariga koʻra Loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2007-yil 6-aprel,
PQ-617-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-617-son qaroriga 1-ILOVA
XXR Eksimbanki krediti va “Oʻzbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablagʻlari hisobiga yetkazib beriladigan burgʻilash uskunalari, shuningdek maxsus texnikalar
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-617-son qaroriga 2-ILOVA
“Oʻzbekneftgaz” MXKning shaxsiy mablagʻlari hisobidan xarid qilinadigan seysmik qidiruv uchun uskunalar
*Izohlar: Tasdiqlangan DTIHga muvofiq uskunalarning dastlabki qiymati 65.05 mln dollardan iborat (Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 262-f-sonli farmoyishi).Uskunalarning yakuniy qiymati tanlov savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-617-son qaroriga 3-ILOVA
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻilash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasi texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarining
* Izohlar: Tasdiqlangan DTIHga muvofiq uskunalarning dastlabki qiymati 65.05 mln dollardan iborat (Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 9-iyundagi 262-f-sonli farmoyishi).Uskunalarning yakuniy qiymati tanlov savdolari natijalariga koʻra aniqlanadi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-617-son qaroriga 4-ILOVA
“Oʻzbekneftgaz” MXK korxonalarini burgʻilash qurilmalari va 3D seysmik qidiruv komplekslari bilan jihozlash” loyihasi boʻyicha XXR Eksimbanki kreditini soʻndirishning
* Asosiy qarzni uzish sanasi kredit shartnomasi kuchga kirgan sanaga va dastlabki tanlash sanasiga bogʻliq boʻladi.
** Komissiya va foizlar toʻlovi miqdori tanlashning haqiqiy sanasi va miqdoriga bogʻliq boʻladi.
*** Kreditning tanlash davri prognoz hisoblanib, kredit shartnomasining kuchga kirish sanasiga bogʻliq boʻladi.