PQ-634-son Qaror · 02.05.2007

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2007/2008-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-634
  • Qabul qilingan sana:02.05.2007
  • Kuchga kirgan sana:02.05.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 17-18

Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari, korxonalari va muassasalarini 2007/2008-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga oʻz vaqtida tayyorlashni taʼminlash maqsadida:

1. Quyidagilar:

respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2007/2008-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash boʻyicha tadbirlar 1-ilovaga* muvofiq;

asosiy muhandislik kommunikatsiyalari va texnologik uskunalarni, shuningdek ijtimoiy soha obyektlarini hududlar boʻyicha 2007/2008-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlash hamda kapital va joriy taʼmirlash topshiriqlari 2—4-ilovalarga* muvofiq;

asosiy yoqilgʻi-energetika resurslari va texnik tuzni hududlar boʻyicha 2007/2008-yillar kuz-qish davri uchun tayyorlash topshiriqlari 5-ilovaga* muvofiq;

2007-yilda mahalliy budjetlar mablagʻlari hisobiga umumtaʼlim maktablarini joriy taʼmirlashning manzilli dasturi 6-ilovaga* muvofiq;

respublika iqtisodiyoti tarmoqlarini 2007/2008-yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga tayyorlashni muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika komissiyasi tarkibi 7-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

2. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining kommunal xizmat koʻrsatish masalalariga mutasaddi oʻrinbosarlari rahbarligida aynan shunday hududiy komissiyalar tuzsinlar.

3. Respublika komissiyasi (N.M.Xanov) respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha muassasalarini 2007/2008-yillar kuz-qish davriga tayyorlash va ularning barqaror ishlashini taʼminlash boʻyicha ushbu qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar va topshiriqlarni bajarish yuzasidan tashkiliy tadbirlar kompleksi belgilangan muddatlarda amalga oshirilishini taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Ushbu qarorning bajarilishi har chorakda Vazirlar Mahkamasi majlislarida koʻrib chiqilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 2-may,

PQ-634-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.