PF-3879-son Farmon · 22.05.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 13-fevraldagi PF-2810-sonli Farmoniga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3879
  • Qabul qilingan sana:22.05.2007
  • Kuchga kirgan sana:22.05.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 22

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligini tashkil etish toʻgʻrisida” 2001-yil 13-fevraldagi PF-2810-sonli Farmoni:

2-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin;

4-bandining ikkinchi xatboshisidagi “amaldagi mehnat, aholi bandligi va uni ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlari saqlanib qoladi” soʻzlari “Bandlikka koʻmaklashish markazlari ishlab kelmoqda” soʻzlari bilan almashtirilsin;

4-bandining uchinchi xatboshisidagi “mehnat, aholi bandligi va uni ijtimoiy muhofaza qilish boʻlimlari” soʻzlari “Bandlikka koʻmaklashish markazlari” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (I.B. Abdullayev) zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 22-may,

PF-3879-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.