PQ-668-son Qaror · 09.07.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 30-oktabrdagi PQ-500-sonli qaroriga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-668
  • Qabul qilingan sana:09.07.2007
  • Kuchga kirgan sana:09.07.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 27-28

“Chkalov nomidagi TAIChB” davlat-aksiyadorlik jamiyati boshqaruvini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “V.P. Chkalov nomidagi Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi tashkiliy tuzilmasini takomillashtirish va moliyaviy-iqtisodiy jihatdan sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 30-oktabrdagi PQ-500-sonli qarori 2-bandining birinchi va uchinchi xatboshisi, 8, 9-bandlari, shuningdek, qarorning 1 va 2-ilovalari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 9-iyul,

PQ-668-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.