PQ-683-son Qaror · 09.08.2007

Xalqaro shartnomalarga qoʻshilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-683
  • Qabul qilingan sana:09.08.2007
  • Kuchga kirgan sana:09.08.2007
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 33-34

“Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 21-moddasiga muvofiq:

1. Quyidagilarga:

transchegaraviy ochiq suv oqimlari va xalqaro koʻllarni muhofaza qilish hamda foydalanish boʻyicha Konvensiyaga (Xelsinki, 1992-yil 17-mart);

xalqaro ochiq suv oqimlaridan kemalar qatnamaydigan turda foydalanish huquqi toʻgʻrisidagi Konvensiyaga (Nyu-York, 1997-yil 21-may) qoʻshilinsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalarga qoʻshilgani haqida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Kotibiyatiga bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan soʻng belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasin.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 9-avgust,

PQ-683-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.