PF-3927-son Farmon · 02.10.2007

2007-yilning 1-oktabridan muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning lavozim maoshlari miqdorlarini oshirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3927
  • Qabul qilingan sana:02.10.2007
  • Kuchga kirgan sana:02.10.2007
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 40

Harbiy xizmatning obroʻ-eʼtiborini yanada oshirish, muddatli harbiy xizmatdagi harbiy xizmatchilarning oʻquv-jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligi samaradorligini oshirishda moddiy jihatdan ragʻbatlantirishni kuchaytirish maqsadida:

1. 2007-yilning 1-oktabridan boshlab muddatli harbiy xizmatni oʻtayotgan harbiy xizmatchilarning lavozim maoshlari miqdorlari 1,15 baravar oshirilsin.

2. Mazkur harbiy xizmatchilarning lavozim maoshlarini oshirish bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasining Davlat budjeti hamda Moliya vazirligining maxsus hisobi “Safarbarlik chaqiruv rezervi mablagʻlari” hisobidan amalga oshirilsin.

3. Adliya vazirligi boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda ushbu Farmonning talablariga muvofiq normativ-huquqiy hujjatlarga aniqlik va qoʻshimchalar kiritish boʻyicha takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.

4. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Milliy xavfsizlik kengashining Kotibi M.I. Atayev zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 2-oktabr,

PF-3927-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.