PQ-732-son Qaror · 20.11.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-732
  • Qabul qilingan sana:20.11.2007
  • Kuchga kirgan sana:20.11.2007
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 46-47

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiz soligʻiga tortiladigan ayrim turdagi tovarlarning Oʻzbekiston Respublikasi hududi orqali tranzit yoʻli bilan olib oʻtilishini yanada tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 4-oktabrdagi PQ-703-sonli qaroriga muvofiq:

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli va tamaki mahsulotlarini chetdan keltirish, ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 4-avgustdagi 331-sonli qarorining 1-bandi;

“Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Alkogolli va tamaki mahsulotlarini chetdan keltirish, ishlab chiqarish va sotish ustidan davlat nazoratini kuchaytirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1998-yil 4-avgustdagi 331-sonli qaroriga qoʻshimcha kiritish haqida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 14-iyuldagi PQ-415-sonli qarori oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 20-noyabr,

PQ-732-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.