F-2663-son Farmoyish · 02.02.2007

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Huzurida davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengash tuzish toʻgʻrisida” 2004-yil 13-martdagi F-1924-sonli Farmoyishiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmoyish
  • Raqami:F-2663
  • Qabul qilingan sana:02.02.2007
  • Kuchga kirgan sana:02.02.2007
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 2

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengash (bundan keyin matnda Kengash deb yuritiladi) aʼzolari boʻlgan shaxslarning boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan:

1. Davlat va jamiyat qurilishi, sud-huquq tizimining qonunchilik asoslarini isloh qilish boʻyicha kengashning yangi tarkibi* tasdiqlansin.

* Tarkib rus tilidagi matnda berilgan.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2004-yil 13-martdagi F-1924-sonli Farmoyishi 2-bandining Kengash tarkibini tasdiqlash qismi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur Farmoyishning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi I. Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 2-fevral,

F-2663-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.