PQ-750-son Qaror · 20.12.2007

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-750
  • Qabul qilingan sana:20.12.2007
  • Kuchga kirgan sana:20.12.2007
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 52

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Polsha Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2007-yil 2-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan iqtisodiy hamkorlik haqidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida 2007-yil 26-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan investitsiyalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoya qilish haqidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Birlashgan Arab Amirliklari Hukumati oʻrtasida 2007-yil 26-oktabr kuni Toshkent shahrida imzolangan ikki yoqlama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik hamda daromad va kapital soligʻi toʻlashdan boʻyin tovlashning oldini olish haqidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnomalar yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 20-dekabr,

PQ-750-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.