PF-3983-son Farmon · 01.04.2008

Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini rivojlantirishni ragʻbatlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3983
  • Qabul qilingan sana:01.04.2008
  • Kuchga kirgan sana:01.04.2008
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 14-15

Xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni ragʻbatlantirish, xalq ijodiyoti sohasiga aholining keng qatlamini, ayniqsa yoshlarni jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2005-yil 28-martdagi PF-3588-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan roʻyxatga muvofiq uy sharoitida xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼati buyumlarini ishlab chiqarish boʻyicha yakka tartibdagi mehnat faoliyati bilan band boʻlgan shaxslar qatʼiy belgilangan soliq toʻlashdan 2010-yilning 1-apreligacha ozod etilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xalq badiiy hunarmandchiliklari va amaliy sanʼatini yanada rivojlantirishni davlat yoʻli bilan qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1997-yil 31-martdagi PF-1741-sonli Farmoni 2-bandidagi birinchi va uchinchi xatboshilari oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 1-aprel,

PF-3983-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.