PQ-860-son Qaror · 05.05.2008

Fargʻona va Qoʻqon shaharlarini 2008 - 2012-yillarda rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-860
  • Qabul qilingan sana:05.05.2008
  • Kuchga kirgan sana:05.05.2008
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 5

Fargʻona va Qoʻqon shaharlari ijtimoiy infratuzilmasi hamda muhandislik-kommunikatsiyalari tarmogʻi faoliyati darajasi va sifatini yanada oshirish, jadal va barqaror ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni shakllantirish, yangi ish oʻrinlari barpo etish, aholi bandligini oshirish va turmush sharoitini yaxshilash, shuningdek, shahar qurilishining zamonaviy talablariga mos ravishda ushbu shaharlarning tashqi koʻrinishini tubdan oʻzgartirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Fargʻona viloyati, Fargʻona va Qoʻqon shaharlari hokimliklari manfaatdor vazirliklar hamda idoralar bilan birgalikda ishlab chiqilgan Fargʻona va Qoʻqon shaharlarini 2008 — 2012-yillarda rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturi 1 va 2-ilovalarga* muvofiq maʼqullansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi Fargʻona va Qoʻqon shaharlarini 2008 — 2012-yillarda rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturiga kiritilgan loyihalarni toʻliq va oʻz vaqtida moliyalashtirilishi ustidan tizimli nazoratni oʻrnatsin.

* Ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.

2. Oʻzbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi Fargʻona va Qoʻqon shaharlarida qurilayotgan va rekonstruksiya qilinayotgan obyektlar loyiha-smeta hujjatlarini belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazish hamda amalga oshirilayotgan qurilish-montaj ishlari sifati ustidan davlat nazoratini taʼminlasin.

3. Fargʻona viloyati hokimligi bir oy muddatda “OʻzshaharsozlikLITI” instituti hamda vakolatli organlar bilan kelishgan holda Fargʻona va Qoʻqon shaharlarini rivojlantirish Bosh rejasini, belgilangan tartibda Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.

4. Fargʻona viloyati (Gʻofurov), Fargʻona (Nuraliyev) va Qoʻqon (Karimov) shaharlari hokimlari zimmasiga belgilangan tartibda loyiha-smeta hujjatlari ekspertizasi va tasdiqlanishi oʻtkazilganidan soʻng, tasdiqlangan Dasturlarga kiritilgan Fargʻona hamda Qoʻqon shaharlarida qurilayotgan obyektlar boʻyicha amalga oshiriladigan qurilish-montaj ishlarini oʻz vaqtida moliyalash va mablagʻlardan qatʼiy maqsadli hamda samarali foydalanish ustidan shaxsiy javobgarlik yuklansin.

5. Homiylik va grant mablagʻlari hisobidan Fargʻona va Qoʻqon shaharlari sogʻliqni saqlash muassasalari uchun asbob-uskunalar va jihozlar, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha Qoʻqon shahrida “Yoshlar xiyoboni” majmuasini qurish va jihozlash uchun xorijdan keltiriladigan maxsus avtotransport vositalari, mashinalar istisno tariqasida bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.

Belgilansinki, bojxona imtiyozlari berilishi natijasida boʻshaydigan mablagʻlar maqsadli yoʻnalishda ushbu Qarorda tasdiqlangan Fargʻona va Qoʻqon shaharlarini 2008 — 2012-yillarda rekonstruksiya qilish, obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmasini rivojlantirish boʻyicha chora-tadbirlar Dasturini qoʻshimcha moliyalashga yoʻnaltiriladi.

6. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 5-may,

PQ-860-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.