PQ-1000-son Qaror · 19.11.2008

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1000
  • Qabul qilingan sana:19.11.2008
  • Kuchga kirgan sana:19.11.2008
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 47

1. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi bilan Belarus Respublikasi oʻrtasida 2008-yil 19-iyun kuni Minsk shahrida imzolangan 2008 — 2017-yillarga moʻljallangan iqtisodiy hamkorlik toʻgʻrisidagi Shartnoma;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Belarus Respublikasi Hukumati oʻrtasida 2008-yil 19-iyun kuni Minsk shahrida imzolangan jinoyatchilikka qarshi kurash sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalarini bajargani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2008-yil 19-noyabr,

PQ-1000-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.