Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “U.U. Rozuqulovni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari etib tasdiqlash toʻgʻrisida” 2008-yil 1-avgustdagi PF-4017-sonli Farmoniga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.
2. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 12-avgust,
PQ-942-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 12-avgustdagi PQ-942-sonli Qaroriga ILOVA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining baʼzi qarorlariga kiritiladigan oʻzgartishlar
(1- va 2-bandlar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 8-fevraldagi PF-5329-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.03.2018-y., 06/18/5329/0846-son)
3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini qisman oʻzgartirish toʻgʻrisida” 2008-yil 9-apreldagi PQ-834-sonli Qarori 5-bandining ikkinchi xatboshisi, shuningdek qarorning 1-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.