PQ-1031-son Qaror · 06.01.2009

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-maydagi PQ-350-sonli qaroriga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1031
  • Qabul qilingan sana:06.01.2009
  • Kuchga kirgan sana:06.01.2009
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 3

Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlarida Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokini takomillashtirish, shuningdek tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini kengaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-maydagi PQ-350-sonli qaroriga ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisining xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 6-yanvar,

PQ-1031-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-yanvardagi PQ–1031-sonli qaroriga ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi faoliyatini tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2006-yil 16-maydagi PQ-350-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

1. 2-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“boshqaruv xodimlarining cheklangan soni 19 nafardan iborat boʻlgan Jamgʻarmaning ijro etuvchi direksiyasi”.

2. 1-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. 2-ilovaning 9-bandi (Oʻzbekiston Respublikasining Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, Jamgʻarma mablagʻlarini shakllantirish va ulardan foydalanish prinsiplari toʻgʻrisida nizom):

quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi bilan toʻldirilsin:

“yetakchi tarmoqlarni modernizatsiya qilish uchun muhim ustuvor ahamiyatga ega investitsiya loyihalarini birgalikda moliyalashtirish, eksportga moʻljallangan va import oʻrnini bosadigan ishlab chiqarishlar uchun xorijiy texnologiyalar va uskunalarni sotib olishga mablagʻlarni maqsadli yoʻnaltirgan holda respublikaning tijorat banklariga Jamgʻarmani boshqarish boʻyicha Kengash qarori bilan belgilangan tartibda kredit liniyalarini ochish”;

oltinchi—oʻninchi xatboshilar tegishli ravishda yettinchi—oʻn birinchi xatboshilar deb hisoblansin.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.