PF-4109-son Farmon · 05.05.2009

Oʻzbekiston milliy teleradiokompaniyasi toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4109
  • Qabul qilingan sana:05.05.2009
  • Kuchga kirgan sana:05.05.2009
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 19-20

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida yuqori texnologiyali teleradiouskunalardan foydalanish samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2009-yil 1-apreldagi PQ-1088-son qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PF-3678-son Farmoni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi toʻgʻrisidagi nizomga ilovaga muvofiq oʻzgartishlar kiritilsin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Mamlakatni isloh qilish va yangilashning huquqiy bazasini takomillashtirish masalalari boʻyicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X. Fayziyev) zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 5-may,

PF-4109-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 5-maydagi PF-4109-son Farmoniga ILOVA

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi toʻgʻrisidagi nizomga kiritiladigan oʻzgartishlar

1. 15-bandning ikkinchi xatboshidagi “bir nafar birinchi” soʻzlari “ikki nafar birinchi” soʻzlari bilan almashtirilsin.

2. 16-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“Kompaniya raisi mavqeyi jihatidan vazirga, birinchi oʻrinbosarlari va oʻrinbosarlari — tegishli ravishda vazirning birinchi oʻrinbosarlari hamda oʻrinbosarlariga tenglashtiriladi”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.