PQ-1118-son Qaror · 01.06.2009

Jismoniy shaxslar tomonidan isteʼmol tovarlarini olib kirishni tartibga solish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1118
  • Qabul qilingan sana:01.06.2009
  • Kuchga kirgan sana:01.06.2009
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 23

Ichki isteʼmol bozorini himoya qilishni yanada kuchaytirish va jismoniy shaxslar tomonidan respublikaga isteʼmol tovarlarini olib kirishni tartibga solish maqsadida:

1. Shunday tartib oʻrnatilsinki, unga koʻra 2009-yilning 2-iyunidan boshlab qoʻshni davlatlardan shaxsiy foydalanish uchun jismoniy shaxslar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasiga bir yoʻla olib kiriladigan import isteʼmol tovarlarining boj toʻlovlari olinmaydigan umumiy qiymati 10 AQSh dollarini tashkil etadi.

Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tijorat faoliyati uchun moʻljallangan tovarlarni olib kirayotgan jismoniy shaxslarga nisbatan tovarlarni boj toʻlovlarisiz olib kirish normalarining amal qilishi tatbiq etilmaydi.

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni respublika hududiga olib kirishning belgilangan tartibiga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi bir hafta muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiq holga keltirsinlar.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 1-iyun,

PQ-1118-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.