PQ-1132-son Qaror · 18.06.2009

Xalqaro shartnomani tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1132
  • Qabul qilingan sana:18.06.2009
  • Kuchga kirgan sana:18.06.2009
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 25

1. Oʻzbekiston Respublikasining diplomatiya vakolatxonalarini Rossiya Federatsiyasida va Rossiya Federatsiyasi vakolatxonalarini Oʻzbekiston Respublikasida joylashtirish hamda ularga xizmat koʻrsatish shartlari toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Rossiya Federatsiyasi Hukumati oʻrtasida 2009-yil 23-yanvar kuni Toshkent shahrida imzolangan Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasini joylashtirish uchun Rossiya Federatsiyasiga mulk qilib berilgan binolar va inshootlarning mulkka egalik huquqiga davlat orderi berilishini taʼminlasin.

4. Toshkent shahar hokimligi Rossiya Federatsiyasining Oʻzbekiston Respublikasidagi Elchixonasini joylashtirish uchun tegishli yer uchastkasini ijaraga berish toʻgʻrisida shartnoma tuzilishini taʼminlasin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qoʻmitasi taqdim etilgan huquqni belgilovchi hujjatlar asosida ushbu qarorning 3 va 4-bandlarida koʻrsatib oʻtilgan obyektlarga egalik huquqi hamda uzoq muddatli ijara huquqini belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtkazsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 18-iyun,

PQ-1132-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.