PQ-1150-son Qaror · 06.07.2009

Xalqaro shartnomalarni tasdiqlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1150
  • Qabul qilingan sana:06.07.2009
  • Kuchga kirgan sana:06.07.2009
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 28

1. Quyidagi, 2008-yil 11-sentabr kuni Boku shahrida imzolangan:

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida savdo-iqtisodiy va ilmiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish borasidagi keyingi chora-tadbirlar toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida temir yoʻl transporti sohasida hamkorlikni yanada chuqurlashtirish va kombinatsiyalangan tashishlarni rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida maxfiy axborotlarni oʻzaro muhofaza qilish toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida soliq sohasida hamkorlik qilish va axborot ayirboshlash toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati bilan Ozarbayjon Respublikasi Hukumati oʻrtasida gumanitar sohada hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi bilan Ozarbayjon Respublikasi Ekologiya va tabiiy resurslar vazirligi oʻrtasida atrof muhitni muhofaza qilish sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim;

Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan Ozarbayjon Respublikasi aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi oʻrtasida axborot hamda kommunikatsiya texnologiyalari sohasida hamkorlik qilish toʻgʻrisidagi Bitim tasdiqlansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnomalar kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnomalar kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.

4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 6-iyul,

PQ-1150

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.