PQ-1078-son Qaror · 23.03.2009

“Lukoyl Oversiz Xolding LTD” kompaniyasi bilan mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimlarni amalga oshirib borishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1078
  • Qabul qilingan sana:23.03.2009
  • Kuchga kirgan sana:23.03.2009
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 3

Oʻzbekiston Respublikasi bilan “LUKOYL Oversiz Xolding Ltd” kompaniyasi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimning 2009-yil 21-yanvardagi 1-son qoʻshimcha Bitimiga hamda Qandim konlari guruhi uchastkasi, Hovuzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasiga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimning 2009-yil 21-yanvardagi 2-son qoʻshimcha Bitimiga muvofiq:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha:

asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlar 1-ilovaga muvofiq aniqlangan;

investor Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab 5 yil mobaynida 21,8 mln. AQSh dollari hajmidagi minimal ishlar dasturini hisobga olgan holda 369,6 mln. AQSh dollari hajmidagi kapital xarajatlarni taʼminlash majburiyatini olgan.

Bunda belgilanganki:

Bitim kuchga kirgan sanadan boshlab investor tomonidan 5 yil mobaynida kapital xarajatlarni belgilangan hajmlarda taʼminlash majburiyatlarini bajarmaslik Bitimni jiddiy ravishda buzish hisoblanadi va Bitimni toʻxtatib qoʻyish uchun asos boʻladi;

Kontrakt maydonini razvedka qilishga doir minimal ishlar dasturini bajarmaslik Kontrakt maydonini razvedka qilishga oid Bitimni jiddiy ravishda buzish hisoblanadi va Bitimni toʻxtatishga asos boʻladi, moliyalashtirilmay qolgan miqdorda jarima toʻlanadi, uning summasi esa qoplanmaydi.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ–567-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Qandim konlari guruhi uchastkasi, Hovuzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasiga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli qaroriga 2-ilovaga muvofiq oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin.

3. Ushbu Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 23-mart,

PQ-1078-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 23-martdagi PQ-1078-son qaroriga 1-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-Gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlaridagi konlarga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 23-martdagi PQ–1078-sonli qaroriga2-ILOVA

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 17-yanvardagi PQ–567-sonli Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining “Qandim konlari guruhi uchastkasi, Hovuzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasiga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli qaroriga kiritiladigan oʻzgartish va qoʻshimchalar

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining Janubi-gʻarbiy Hisor va Ustyurt mintaqasi hududlarida geologiya-qidiruv ishlarini oʻtkazish, uglevodorod konlarini ochish va qazib chiqarish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2007-yil 16-yanvardagi PQ–567-sonli Qarori:

a) 2-bandining:

birinchi xatboshidagi “ilovaga muvofiq asosiy iqtisodiy koʻrsatkichlarga” soʻzlari chiqarib tashlansin;

ikkinchi va uchinchi xatboshilar chiqarib tashlansin;

toʻrtinchi xatboshi ikkinchi xatboshi deb hisoblansin.

(1-bandning “b” kichik bandi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)

v) Qarorning ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qandim konlari guruhi uchastkasi, Hovuzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qoʻngʻirot uchastkasiga tegishli Mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bitimni amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2004-yil 14-sentabrdagi 428-sonli qarorining 2-bandiga quyidagi mazmundagi oltinchi xatboshi qoʻshilsin:

“Operator mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi boshqa bitimlar boʻyicha operatorlik vazifalarini bajarish huquqiga ega, qachonki unga mahsulotni taqsimlash toʻgʻrisidagi bunday bitimlar boʻyicha tegishli investorlar tomonidan va ularning shartlariga muvofiq shunday vazifa topshirilgan boʻlsa”.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.