PQ-1175-son Qaror · 19.08.2009

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007-2011-yillardagi davrda qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash dasturi toʻgʻrisida” 2007-yil 1-iyundagi PQ-646-son qaroriga qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1175
  • Qabul qilingan sana:19.08.2009
  • Kuchga kirgan sana:01.01.2010
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 34

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Devorbop materiallar ishlab chiqarishni koʻpaytirishni ragʻbatlantirish va sifatini yaxshilash borasidagi qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2009-yil 19-iyundagi PQ-1134-son qaroriga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2007 — 2011-yillardagi davrda qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnikaviy va texnologik qayta jihozlash Dasturi toʻgʻrisida” 2007-yil 1-iyundagi PQ-646-son qaroriga 4-ilovasi uning 1-bandiga berilayotgan quyidagi izoh bilan toʻldirilsin:

“Nostandart, tejamsiz pechlarni energiya tejaydigan maxsus texnologiyalarga almashtirmagan, shuningdek solishtirma sarf-xarajatlarning belgilangan normalaridan ortiq hajmda tabiiy gaz isteʼmol qiladigan pishgan gʻisht ishlab chiqaruvchi korxonalarga tabiiy gazning berilishi amaldagi ulgurji narxlar boʻyicha amalga oshiriladi”.

2. Belgilansinki, kiritilayotgan oʻzgartish 2010-yilning 1-yanvaridan boshlab kuchga kiradi.

3. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 19-avgust,

PQ-1175-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.