Avtobus parklarining harakatlanuvchi tarkibini zamonaviy, qulay transport vositalari bilan yangilash hisobiga Toshkent shahri aholisini uzluksiz tashishga ortib borayotgan talabni toʻliq qondirish maqsadida:
1. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda “EvoBus GmbX” firmasi (Germaniya) tomonidan 2009-yilda 200 dona “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli shahar yoʻlovchi tashish avtobuslarini hamda ularning ehtiyot qismlarini ilovaga muvofiq shartlarda yetkazib berish boʻyicha 2009-yil 7-apreldagi umumiy qiymati 26,4 mln yevro boʻlgan 2009/1-sonli oldi-sotdi shartnomasi imzolangani maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Belgilansinki:
200 ta avtobus va unga ehtiyot qismlarni yetkazib berish boʻyicha shartnomaning toʻliq qiymatini moliyalashtirish Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining 3 yil imtiyozli davrni ham hisobga olgan holda 15 yil muddatga, qayta moliyalashtiruvchi “Oʻzsanoatqurilishbank” ATBning yillik 0,25 foizli marjasi bilan va yillik 0,5 foizli stavkada beriladigan kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi jamgʻarmasining asosiy qarzini uzish, foizlar va kreditga xizmat koʻrsatish boʻyicha komissiyalarni toʻlash “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi mablagʻlari, shuningdek, olinadigan avtobuslar miqdoriga mutanosib ravishda avtobus parklarining mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi “Toshshahartransxizmat” uyushmasi hamda “EvoBus GmbX” firmasi (Germaniya) oʻrtasida tuzilgan shartnoma boʻyicha belgilangan tartibda ekspert xulosasini bersin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi, “Oʻzsanoatqurilishbank” hamda “Toshshahartransxizmat” uyushmasi, istisno tariqasida, texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarni koʻrib chiqish va tasdiqlashdan avval kredit bitimlarini rasmiylashtirsin hamda “EvoBus Gmbx” firmasi bilan tuzilgan shartnomada nazarda tutilgan muddatlarda moliyalashtirishni ochsin.
5. “Toshshahartransxizmat” uyushmasi:
ikki oy muddatda 200 dona “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli shahar yoʻlovchi avtobuslarini sotib olishning texnik-iqtisodiy hisob-kitobini ishlab chiqishni va uni tasdiqlash uchun Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritishni taʼminlasin;
Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasi kreditiga xizmat koʻrsatishga yoʻnaltiriladigan mablagʻlarni jamlash uchun “Oʻzsanoatqurilishbank”da maxsus jamgʻariluvchi hisob raqam ochsin.
6. Moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining jalb etiladigan krediti boʻyicha “Toshshahartransxizmat” uyushmasining “Oʻzsanoatqurilishbank” oldidagi majburiyatlari yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi nomidan kafolat berish vakolati taqdim etilsin.
7. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 200 ta “Mersedes-Benz Sonesto Low Floor” rusumli shahar yoʻlovchi avtobuslarini xarid qilish Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi Investitsiya dasturiga belgilagan tartibda kiritilishini taʼminlasin.
8. “EvoBus Gmbx” firmasi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha olib kelinadigan 200 ta “Mersedes-Benz Sonesto Low Floor” rusumli shahar yoʻlovchi avtobuslari, shuningdek, avtobuslardan foydalanishning kafolat muddati davrida ishdan chiqqan qismlar oʻrniga yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar hamda materiallar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
10. Belgilansinki, “Toshshahartransxizmat” aksiyadorlik kompaniyasi tomonidan tarkibiy boʻlinmalarga “EvoBus GmbX” (Germaniya) firmasi bilan tuzilgan shartnoma boʻyicha yetkazib beriladigan “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli 200 ta shahar yoʻlovchi tashish avtobuslari, ularga ehtiyot qismlar, shu jumladan avtobuslardan foydalanishning kafolatli muddati davrida ishdan chiqqan qismlar oʻrniga yetkazib beriladigan ehtiyot qismlar va materiallar qoʻshilgan qiymat soligʻi solish obyekti hisoblanmaydi.
11. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 6-may,
PQ-1109-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 6-maydagi PQ-1109-son qaroriga ILOVA
200 ta “Mercedes-Benz Conecto Low Floor” rusumli shahar yoʻlovchi tashish avtobuslarini hamda ularga ehtiyot qismlarni yetkazib berish boʻyicha 2009-yil 7-apreldagi 2009/1-son oldi-sotdi shartnomasi
* Shartnomada yevro-4 standartidagi dvigatel bilan jihozlangan 1 dona avtobusni yetkazib berish koʻzda tutilgan.