PF-4136-son Farmon · 15.09.2009

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmoniga oʻzgartish kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4136
  • Qabul qilingan sana:15.09.2009
  • Kuchga kirgan sana:15.09.2009

Arxitektura va qurilish boʻyicha hududiy boʻlinmalar rahbarlarini tayinlash tartibi takomillashtirilishi munosabati bilan:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasida arxitektura va shahar qurilishini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2000-yil 26-apreldagi PF-2595-son Farmonining 3-bandi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi — Tashkiliy-nazorat xizmati rahbari I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 15-sentabr,

PF-4136-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.