Xitoy Xalq Respublikasi (XXR) Hukumati tomonidan Shanxay hamkorlik tashkilotiga aʼzo mamlakatlarga beriladigan mablagʻlar hisobidan moliyalashtiriladigan “Qishloq joylarda “Oʻzbektelekom” AK axborot-kommunikatsiya tuzilmasini rivojlantirish” investitsiya loyihasini oʻz vaqtida amalga oshirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, “Oʻzbektelekom” AK bilan “Nuawei Technologies Co., Ltd” va “ZTE Corporation” Xitoy kompaniyalari oʻrtasida telekommunikatsiya uskunalarini yetkazib berish boʻyicha umumiy summasi 11 287,25 ming AQSH dollari miqdorida shartnomalar tuzilgan.
2. Belgilansinki, mazkur shartnomalarni moliyalashtirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
shartnomalar qiymatining 5 foizi “Oʻzbektelekom” AKning oʻz mablagʻlari hisobidan;
shartnomalar qiymatining 95 foizi XXR Eksimbanki tomonidan 5 yillik imtiyozli davr bilan 20 yil muddatga beriladigan qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish yoʻli bilan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti hisobidan.
3. Belgilansinki:
Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli foydalanish va mazkur loyihani samarali amalga oshirish uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi organ hisoblanadi;
asosiy qarzni uzish, kreditga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq foizlar, komissiyalar va boshqa xarajatlarni toʻlash “Oʻzbektelekom” AK mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Qishloq joylarda “Oʻzbektelekom” AK axborot-kommunikatsiya tuzilmasini rivojlantirish” loyihasining TIAsi asosiy parametrlari bilan birga 1-ilovaga muvofiq;
XXR Eksimbankining qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish orqali taqdim etiladigan, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki krediti boʻyicha asosiy qarzini soʻndirish, foiz va komissiyalarni toʻlash jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki loyihani moliyalashtirish uchun:
XXR Eksimbanki bilan yakka tartibdagi qarz bitimlarini;
“Oʻzbektelekom” AK bilan XXR Eksimbanki qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish boʻyicha kredit shartnomasini tuzsin.
6. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy bankining XXR Eksimbanki oldidagi toʻlov majburiyatlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi nomidan belgilangan tartibda kafolat berish vakolati taqdim etilsin.
Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining kafolatlari boʻyicha qarz bitimlarida nazarda tutilgan shaklda, belgilangan tartibda yuridik xulosalar bersin.
7. Mazkur loyihani amalga oshirish doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxat boʻyicha, XXR Eksimbanki mablagʻlari hisobiga import qilinadigan uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) ozod etilsin.
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi buyurtmanomalariga koʻra, mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik va boshqa yigʻimlar undirilmasdan berilishini taʼminlasin.
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qoʻmitasi buyurtmanomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etuvchi xorijiy mutaxassislarga davlat boji undirilmasdan koʻp martali vizalar berilishi va muddati uzaytirilishini, shuningdek, ularning Oʻzbekiston Respublikasida yashash joyi boʻyicha vaqtinchalik roʻyxatdan oʻtkazilishi va muddati uzaytirilishini taʼminlasin.
10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 7-oktabr,
PQ-1200-son
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-oktabrdagi PQ-1200-son qaroriga 1-ILOVA
“Qishloq joylarda “Oʻzbektelekom” AK axborot-kommunikatsiya tuzilmasini rivojlantirish” loyihasi TIA
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 7-oktabrdagi PQ-1200-son qaroriga2-ILOVA
XXR Eksimbank qarz mablagʻlarini qayta moliyalashtirish orqali taqdim etiladigan Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki kreditlarini soʻndirish
* Kreditni olish va soʻndirish davri, shuningdek, komissiyalarni toʻlash dastlabki prognoz boʻlib, moliyalashtirish ochilishining haqiqiy sanasiga bogʻliq.
** Tashkillashtirish va majburiyat uchun komissiyalarni oʻz ichiga oladi.