PQ-1216-son Qaror · 29.10.2009

Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1216
  • Qabul qilingan sana:29.10.2009
  • Kuchga kirgan sana:29.10.2009
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 10

Buxoro va Samarqand shaharlarida aholi hamda xoʻjalik subyektlarining sanitariya xizmatlari bilan taʼminlanishini yanada yaxshilash, shuningdek ekologik muhitni sogʻlomlashtirish maqsadida:

1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:

2009-yilning 4-avgust kuni Jahon bankining Direktorlar Kengashi Oʻzbekiston Respublikasiga “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) ning 35,6 mln. miqdorida maxsus qarz olish huquqlari boʻyicha (ekvivalenti 55,0 mln. AQSH dollari) 10 yillik imtiyozli davrni hisobga olgan holda, toʻlash muddati 35 yil boʻlgan qarz berilishini maʼqulladi;

Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga qoʻshadigan hissasi 12,96 mln. AQSH dollarini, shu jumladan soliq va bojxona imtiyozlarini berish tarzida — ekvivalenti 11,16 mln. AQSH dollarini tashkil etadi;

loyihani amalga oshirish davri 5,5 yil deb belgilangan (2010 — 2015-yillar).

2. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasiga kredit Oʻzbekiston Respublikasi bilan XTU oʻrtasida tuzilgan moliyalash toʻgʻrisidagi bitim asosida beriladi;

Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi, Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanish hamda loyihani amalga oshirish boʻyicha javobgar ijro etuvchi agentliklar hisoblanadi;

XTU kreditini, shuningdek XTU krediti boʻyicha komissiyalar va boshqa xarajatlarni toʻlash bilan bogʻliq sarf-xarajatlar Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi mablagʻlari hisobidan, yetishmagan qismida — Davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Quyidagilar:

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan XTU bilan moliyalash toʻgʻrisidagi bitimni, shuningdek Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi bilan subkredit bitimlarini imzolash vakolati berilsin;

Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi direktorlari XTU bilan loyiha bitimlarini imzolashga vakil etib tayinlansin.

4. Quyidagilar:

“Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan texnik-iqtisodiy asosi 1, 1a va 1b-ilovalariga muvofiq;

loyihani moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga muvofiq;

XTU kreditini va u boʻyicha komissiyalarni toʻlash jadvali, shuningdek Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi tomonidan XTU subkreditlarini toʻlash jadvallari 3, 3a va 3b-ilovalariga muvofiq;

XTU subkreditlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni qoplash hissalarini taqsimlash 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi hamda XTU oʻrtasida moliyalash toʻgʻrisidagi Bitim, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi hamda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi bilan subkredit bitimlari boʻyicha yuridik xulosa bersin.

6. Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi rahbarlari, Buxoro va Samarqand viloyati hokimlari zimmasiga:

loyiha boʻycha tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratilishini taʼminlash;

Jahon banki tartib-qoidalari va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar hamda hujjatlarni tayyorlash va taqdim qilishni oʻz vaqtida tashkil etish;

Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi tomonidan XTU krediti boʻyicha subkredit bitimlarining shartlariga muvofiq asosiy qarz hamda komissiyalarni toʻlash uchun zarur mablagʻlarning oʻz vaqtida jamlanishi ustidan nazorat oʻrnatish boʻyicha shaxsiy javobgarlik yuklansin.

Loyihani boshqarish vazifalari Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi huzurida faoliyat yuritayotgan Jahon banki loyihalarini muvofiqlashtirish guruhi zimmasiga yuklansin, uning lavozimlar roʻyxati va har yillik moliyalash smetasi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan albatta kelishib olinsin.

7. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Xalqaro moliya institutlari, tashkilotlari hamda donor mamlakatlar bilan hamkorlik qilish, yirik va strategik muhim investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari boʻyicha idoralararo kengash (R.S. Azimov):

loyihani amalga oshirish doirasida tovarlar, ishlar va xizmatlarni xarid qilish boʻyicha tender komissiyasi tarkibini tasdiqlashni;

loyiha amalga oshirilishini muntazam koʻrib borish va zarur hollarda uning samaradorligini taʼminlash boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritishni taʼminlasin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Davlat budjetining tasdiqlangan parametrlari doirasida, 4-ilovaga muvofiq XTU subkreditlari boʻyicha xarajatlarni qoplash hissalarini taqsimlagan holda 2010-yilda komissiyalarni toʻlash uchun respublika budjeti hisobidan mablagʻlar ajratilishini taʼminlasin;

2011-yildan boshlab, kelasi yildagi Davlat budjeti loyihasini shakllantirishda Buxoro va Samarqand viloyatlari mahalliy budjetlari parametrlarida Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasining shu maqsadlarga yoʻnaltiriladigan, xarajatlarni qoplash hissalarini 4-ilovaga muvofiq taqsimlagan holda shaxsiy mablagʻlarga qoʻshimcha ravishda XTU subkreditlari boʻyicha komissiyalarni toʻlash, asosiy qarzni qoplashga mablagʻlar ajratilishini nazarda tutsin.

9. XTU kredit mablagʻlari hisobidan loyiha doirasida xarid qilinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) va transport vositalari bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari), qoʻshimcha qiymat soligʻidan, maqsadli davlat jamgʻarmalariga majburiy toʻlovlar va yigʻimlar toʻlashdan ozod etilsin.

(9-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)

Belgilansinki, mazkur imtiyozlarni berish natijasida boʻshaydigan mablagʻlar ushbu loyihani amalga oshirishga Oʻzbekiston Respublikasining hissasi hisoblanadi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalari konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.

11. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston “Oʻzkommunxizmat” agentligi talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.

12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari B.A. Xoʻjayev zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 29-oktabr,

PQ 1216-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-son qaroriga 1-ILOVA

“Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining

* koʻrsatkichlarning yakuniy qiymati batafsil loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, mahsulotlar (ish, xizmat) yetkazib berish uchun tenderlar natijalariga koʻra aniqlanadi.

** bojxona rasmiylashtiruvi, sertifikatlash, ekspertiza va arxitektura-qurilish nazoratini moliyalashtirish bilan birga.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-son qaroriga 1a-ILOVA

Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi boʻyicha “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining

* Koʻrsatkichlarning yakuniy qiymati batafsil loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, mahsulotlar (ish, xizmat) yetkazib berish uchun tenderlar natijalariga koʻra aniqlanadi.

** bojxona rasmiylashtiruvi, sertifikatlash, ekspertiza va arxitektura-qurilish nazoratini moliyalashtirish bilan birga.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-son qaroriga 1b-ILOVA

Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi boʻyicha “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi texnik-iqtisodiy asosining

* Koʻrsatkichlarning yakuniy qiymati batafsil loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, mahsulotlar (ish, xizmat) yetkazib berish uchun tenderlar natijalariga koʻra aniqlanadi.

** bojxona rasmiylashtiruvi, sertifikatlash, ekspertiza va arxitektura-qurilish nazoratini moliyalashtirish bilan birga.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-son qaroriga 2-ILOVA

“Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasini moliyalashtirish

* Koʻrsatkichlarning yakuniy qiymati batafsil loyiha-smeta hujjatlarini tayyorlash, mahsulotlar (ish, xizmat) yetkazib berish uchun tenderlar natijalariga koʻra aniqlanadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-son qaroriga 3-ILOVA

“Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha XTU kreditini soʻndirish va komissiyalarni toʻlash

* Toʻlovlar summalari kredit mablagʻlarining haqiqatda oʻzlashtirish sanasi va hajmlariga bogʻliq ravishda aniqlashtiriladi.

** MQOH (SPZ) — maxsus qarz olish huquqi. Kurs 1 MQOH = 1,54805 AQSH dollari qiymatida qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-son qaroriga 3a-ILOVA

Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi tomonidan “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha XTU subkreditini soʻndirish va komissiyalarni toʻlash

* Toʻlovlar summalari kredit mablagʻlarining haqiqatda oʻzlashtirish sanasi va hajmlariga bogʻliq ravishda aniqlashtiriladi.

** MQOH (SPZ) — maxsus qarz olish huquqi. Kurs 1 MQOH = 1,54805 AQSH dollari qiymatida qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-son qaroriga 3b-ILOVA

Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasi tomonidan “Buxoro va Samarqand shaharlarida tozalash inshootlari va kanalizatsiya tizimlarini rekonstruksiya qilish” loyihasi boʻyicha XTU subkreditini soʻndirish va komissiyalarni toʻlash

* Toʻlovlar summalari kredit mablagʻlarining haqiqatda oʻzlashtirish sanasi va hajmlariga bogʻliq ravishda aniqlashtiriladi.

** MQOH (SPZ) — maxsus qarz olish huquqi. Kurs 1 MQOH = 1,54805 AQSH dollari qiymatida qabul qilingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-oktabrdagi PQ-1216-son qaroriga 4-ILOVA

XTU subkreditlariga xizmat koʻrsatish boʻyicha xarajatlarni qoplash hissalarining

* Davlat budjetini har yili shakllantirishda Buxoro viloyati “Suvoqova” ishlab chiqarish boshqarmasi va Samarqand viloyati “Suvoqova” davlat ishlab chiqarish korxonasining XTU subkreditlariga xizmat koʻrsatishdagi ulushiga ushbu korxonalarning moliyaviy holati va tariflarning maqbul darajasidan kelib chiqib oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin. Bunda yuqorida koʻrsatib oʻtilgan maqsadlarga xarajatlarda Davlat budjetining ulushiga ham tegishli oʻzgartirishlar kiritiladi.

** 2010-yilda Davlat budjeti mablagʻlari respublika budjeti hisobidan ajratiladi, 2011-yildan boshlab har yili ushbu maqsadlarga mablagʻlar Buxoro va Samarqand viloyatlari mahalliy budjetlarida koʻzda tutiladi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.