PQ-1226-son Qaror · 13.11.2009

Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari-Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimini kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1226
  • Qabul qilingan sana:13.11.2009
  • Kuchga kirgan sana:13.11.2009
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 11

Mamlakatimiz oldida turgan strategik vazifalarga erishish ishida olib borilayotgan tashqi iqtisodiy siyosatning rolini yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirish hamda bundan manfaatdor tuzilmalarning faoliyatini zarur darajada muvofiqlashtirish va uygʻunligini taʼminlash maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tuzilmasiga Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimi kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri lavozimi tugatilsin.

3. Yangi kiritilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozimining eng asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin: tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining lavozim vazifalarini soʻzsiz bajarishi bilan bir qatorda, birinchi galda respublika hududida tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirayotgan vazirliklar, idoralar, tijorat tuzilmalari, kompaniyalar, uyushmalar, firmalar, korxonalar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish va uygʻunligini taʼminlash, buning uchun zarur shart-sharoitlar va preferensiyalar yaratish.

4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi (Sh.M. Mirziyoyev) oʻn kun muddatda hukumat tuzilmasiga zarur oʻzgartishlarni kiritsin va yangi joriy etilayotgan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari — tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining mavqei hamda vazifalari toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlasin.

5. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2009-yil 13-noyabr,

PQ-1226-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.