PQ-1261-son Qaror · 15.01.2010

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining tuzilmasiga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1261
  • Qabul qilingan sana:15.01.2010
  • Kuchga kirgan sana:15.01.2010

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining boshqaruv tuzilmasini yanada takomillashtirish va uning ish samaradorligini oshirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisining oʻrinbosari — Soliq akademiyasining rektori lavozimi kiritilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi markaziy apparatining yangilangan tuzilmasi ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.

* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.

3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika soliq organlari tizimini yanada modernizatsiya qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 8-yanvardagi PQ-1257-son qarorining 2-ilovasi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

4. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.B. Abdullayev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010-yil 15-yanvar,

PQ-1261-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.