PF-3113-son Farmon · 07.08.2002

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida” 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmoniga oʻzgartirishlar kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3113
  • Qabul qilingan sana:07.08.2002
  • Kuchga kirgan sana:07.08.2002
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 8

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Kommunal xizmat koʻrsatish sohasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning yangi bosqichi toʻgʻrisida” 2001-yil 17-apreldagi PF-2832-son Farmonining 4-bandiga quyidagi oʻzgartirishlar kiritilsin:

ikkinchi xatboshidagi “hamda uy-joy mulkdorlari shirkatlarini” va “yoki uy-joy mulkdorlari shirkatlariga (shartnomalar kim bilan tuzilganiga qarab)” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;

uchinchi xatboshidagi “va uy-joy mulkdorlari shirkatlari — Uy-joy egalari kengashlari”, “va uy-joy mulkdorlari shirkatlarining”, “uy-joy mulkdorlari shirkatiga biriktirilgan hududlarni” degan soʻzlar chiqarib tashlansin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2002-yil 7-avgust,

PF-3113-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.