PQ-217-son Qaror · 08.11.2005

Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasini har yili tashkil etish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-217
  • Qabul qilingan sana:08.11.2005
  • Kuchga kirgan sana:08.11.2005
  • Holati:Amalda

[Koʻchirma]

Paxta tolasi eksportini kengaytirish va optimallashtirish, uni sotish samaradorligini oshirish, kontraktlar tuzishning shaffof mexanizmini taʼminlash maqsadida hamda I Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasini oʻtkazish natijalarini inobatga olib:

1. “Oʻzpaxtasanoateksport” xolding kompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ, jahonning yetakchi oʻzbek paxta tolasi va toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilarining Toshkent shahrida har yili Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.

paxtani qayta ishlovchi xorijiy kompaniyalarni va paxtaning yakuniy isteʼmolchilarini jalb etishni hisobga olgan holda uzoq muddatli hamkorlikni kengaytirish;

oʻzbek paxta tolasini sotish boʻyicha tan olingan xalqaro savdo standartlarini joriy etishni davom ettirish;

uzoq muddatli asosda paxta tolasini davlat tomonidan xarid qilishga buyurtmani shakllantirish;

jahon paxta tolasi bozorining rivojlanish istiqbollari va tendensiyalarini chuqur tahlil qilish va koʻrib chiqish, global miqyosda paxta tolasini ishlab chiqarish va qayta ishlashni rivojlantirish masalalari boʻyicha muntazam ravishda xalqaro forum oʻtkazish.

3. I Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasi davomida tuzilgan kontraktlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi 2006-yil yanvar — iyul davrida paxta tolasini ishlab chiqarish va undan foydalanish balansini tayyorlashda I Xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasi natijalarini hisobga olsin.

4. “Oʻzpaxtasanoat” AJ, Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi, “Oʻzbekyengilsanoat” AJ Xalqaro paxta assotsiatsiyasi, Paxta boʻyicha xalqaro maslahat qoʻmitasi va “Cotton Outok” jurnali, shuningdek, Toʻqimachilik ishlab chiqaruvchilari xalqaro federatsiyasi bilan hamkorlikda Oʻzbekiston paxta va toʻqimachilik yarmarkasining xalqaro maqomini saqlab qolish va uni oktabr oyining ikkinchi oʻn kunligida jahon paxta va toʻqimachilik tadbirlarining har yilgi jadvaliga kiritish bilan bogʻliq kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirsin.

5. Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita hamda Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarka qoʻmitasi tarkiblari 2 va 3-ilovalarga* muvofiq tasdiqlansin.

Quyidagilar Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining doimiy faoliyat koʻrsatuvchi yarmarka qoʻmitasining asosiy vazifalari etib belgilansin:

yarmarka savdolariga qoʻyiladigan paxta tolasi va toʻqimachilik mahsulotlari hajmlari boʻyicha takliflar kiritish;

yarmarka ishi davrida savdolarni tayyorlash va oʻtkazishni tashkil etish;

yil davomida tuzilgan yarmarka kontraktlarining amalga oshirilishi monitoringini olib borish;

reklama kampaniyasini oʻtkazish hamda Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasi faoliyati bilan bogʻliq materiallarning xorijiy va mahalliy ommaviy axborot vositalarida yoritilishini taʼminlash;

Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasining asosiy tadbirlarini tashkil etish dasturini ishlab chiqish va kelishish.

toʻqimachilik mahsulotlari ishlab chiqaruvchilari va isteʼmolchilarini jalb etish.

*3-ilova rus tili matnida berilgan.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi tashqi savdo kompaniyalari bilan birgalikda 2005-yilgi hosilning qolgan hajmini kontraktatsiya qilsin va uning belgilangan tartibda sotilishini taʼminlasin.

7. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2005-yil 8-noyabr,

PQ-217-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-217-son qaroriga1-ILOVA

I xalqaro oʻzbek paxta yarmarkasi davomida tuzilgan kontraktlarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi

T/rChora-tadbirlar nomiAmalga oshirish muddatlariMasʼul ijrochilar1.Vakolatli organlarda kontraktlarni rasmiylashtirish va roʻyxatdan oʻtkazish2005-yil noyabrTashqi savdo kompaniyalari,Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,Asaka bank,Davlat bojxona qoʻmitasi2.Boʻnak toʻlovini qaytarish boʻyicha bank kafolatlarini rasmiylashtirish va berish2005-yil noyabr — 2006-yil yanvarTashqi savdo kompaniyalari,Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki,Asaka bank3.Paxta tolasini ishlab chiqarish va ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga yuklab joʻnatish uchun “Paxtasanoat” hududiy aksiyadorlik birlashmasiga buyurtmanoma berish2005-yil noyabr — 2006-yil mayTashqi savdo kompaniyalari,TIAISV4.Paxta tolasini sertifikatlash va yuklab joʻnatish partiyalarini shakllantirish2005-yil noyabr — 2006-yil mayOʻzbekiston “Sifat” markazi,“Paxtasanoat” AJ5.Paxta tozalash korxonalari tomonidan paxta tolasini ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallariga joʻnatish2005-yil noyabr — 2006-yil may“Paxtasanoat” AJ,“Paxtasanoat” HAB,Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi,“Oʻrta Osiyo Trans” MAK,“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAK6.Ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallarining yarmarkada tuzilgan kontraktlarga muvofiq xaridorlarga jami 656,85 ming tonna paxta tolasini yuklab joʻnatish2005-yil noyabr — 2006-yil mayTashqi savdo kompaniyalari, ixtisoslashtirilgan mintaqaviy paxta terminallari,“Oʻztashqitrans” DAK,“Oʻzbekiston temir yoʻllari” DAKv tom chisle:290,32005-yil IV chorak265,72006-yil I chorak100,92006-yil II chorak7.Yarmarka kontraktlarining amalga oshirilishi yuzasidan monitoringni amalga oshirishdoimiyXalqaro oʻzbek paxta yarmarkasining yarmarka qoʻmitasi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 8-noyabrdagi PQ-217-son qaroriga2-ILOVA

Xalqaro oʻzbek paxta va toʻqimachilik yarmarkasini oʻtkazish boʻyicha tashkiliy qoʻmita tarkibi

Sh.M. Mirziyoyev—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri, tashkiliy qoʻmita raisiV.A. Golyshev—Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, iqtisodiyot vaziriR.S. Azimov—Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziriS.U. Ismoilov—Qishloq va suv xoʻjaligi vaziriS.B. Raximov—Moliya vaziriE.M. Gʻaniyev—Tashqi ishlar vaziriB.M. Mustafayev—Adliya vaziriB.A. Matlyubov—Davlat bojxona qoʻmitasi raisiA.D. Xoʻjayev—“Oʻzbektelevideneradiokompaniyasi” boshqaruvi raisiYa.S. Xidirov—“Oʻzpaktasanoat” AJ bosh direktoriA.E. Shayxov—Savdo-sanoat palatasi raisiA.X. Quldoshev—Ichki ishlar vaziri oʻrinbosariA.X. Toʻxtayev—Toshkent shahri hokimiT.R. Toʻxtaboyev—Oʻzbekiston Respublikasi tovar-xom ashyo birjasi raisiR.A. Gʻulomov—Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosariU.I. Barnoyev—Vazirlar Mahkamasi departamenti boshligʻi, tashkiliy qoʻmita kotibi

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.