PQ-1365-son Qaror · 14.07.2010

Issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizomga oʻzgartish kiritish haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1365
  • Qabul qilingan sana:14.07.2010
  • Kuchga kirgan sana:14.07.2010
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:СЗ РУ 28-29

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2010-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2009-yil 22-dekabrdagi PQ-1245-son qarori ijrosini taʼminlash hamda vazirliklar va idoralarning budjetdan tashqari fondlarga mablagʻlar ajratishini tartibga solish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 19-noyabrdagi PQ-655-son qarori bilan tasdiqlangan issiqlik taʼminoti va suv taʼminoti korxonalari xodimlarining mehnatiga haq toʻlash toʻgʻrisidagi nizom 29-bandining oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010-yil 14-iyul,

PQ-1365-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.