PF-371-son Farmon · 31.03.1992

Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK)ni tashkil qilish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-371
  • Qabul qilingan sana:31.03.1992
  • Kuchga kirgan sana:31.03.1992
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 6

Yuqori malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash yangi tizimini shakllantirish, ularni respublika ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va maʼnaviy taraqqiyotining ustuvor muammolarini hal qilishga yoʻnaltirish, ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarni davlat yoʻli bilan ekspertiza qilishni taʼminlash hamda ilmiy va ilmiy pedagog jamoatchilikning takliflariga muvofiq:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi huzurida Oliy attestatsiya komissiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi OAK) tashkil qilinsin.

(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 24-iyuldagi PF-4635-sonli Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2014-y., 30-son, 365-modda)

3. Belgilab qoʻyilsinki, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasi oʻz vakolati doirasida qabul qilgan qarorlar Fanlar akademiyasi, tarmoq akademiyalari, vazirliklar, idoralar, oʻquv yurtlari, ilmiy tashkilotlar va muassasalar kimga boʻysunishidan qatʼi nazar, ular uchun majburiydir.

4. Ilmiy darajalar hamda unvonlar beruvchi ixtisoslashtirilgan va ilmiy kengashlarning rahbarlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasida kengashlar qayta roʻyxatdan oʻtkazilgunga qadar hujjatlarni qabul qilish va koʻrib chiqishni toʻxtatib tursinlar.

5. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida Oliy attestatsiya komissiyasining faoliyatini tashkil etish masalalariga doir qarorni qabul qilib, komissiya tuzilmasini va uning toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlasin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 31-mart,

PF-371-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.