PF-4245-son Farmon · 30.09.2010

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 17-martdagi PF-2246-son farmonini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash haqida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-4245
  • Qabul qilingan sana:30.09.2010
  • Kuchga kirgan sana:30.09.2010
  • Rasmiy nashr:ЎР ҚT 40-41

Pensiya taʼminoti tizimini yanada takomillashtirish va Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlarida berilgan ijtimoiy imtiyozlarni tartibga solish, fuqarolarning ayrim toifalariga koʻrsatiladigan ijtimoiy madadning aniq yoʻnaltirilishini kuchaytirish maqsadida:

1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Xotin-qizlarning ijtimoiy muhofazasini kuchaytirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1999-yil 17-martdagi PF-2246-son Farmoni 2010-yilning 1-oktabridan oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010-yil 30-sentabr,

PF-4245-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.