PF-3205-son Farmon · 04.02.2003

Ulgurji savdo korxonalarini soliqqa tortishni takomillashtirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-3205
  • Qabul qilingan sana:04.02.2003
  • Kuchga kirgan sana:04.02.2003
  • Rasmiy nashr:Ведомости Олий Мажлиса 2

Ulgurji savdoni rivojlantirishni ragʻbatlantirish, isteʼmol tovarlari ishlab chiqaruvchi korxonalar bilan savdo tashkilotlari oʻrtasidagi savdo-iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlash va shu asosda ichki isteʼmol bozorining mamlakatimizda ishlab chiqarilgan tovarlar bilan yanada toʻliqroq toʻldirilishini taʼminlash maqsadida:

1. Ulgurji savdo korxonalari qoʻshilgan qiymat soligʻini toʻlashdan ozod qilinsin.

2. “Savdo va umumiy ovqatlanish sohasida soliqqa tortish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida” Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2002-yil 20-maydagi PF–3076-son Farmoni 2-bandining ikkinchi xatboshi oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

3. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R. S. Azimov zimmasiga yuklatilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2003-yil 4-fevral,

PF-3205-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.