PQ-421-son Qaror · 19.07.2006

Tuman va shahar markaziy kasalxonalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarini Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida tibbiy uskunalar bilan jihozlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-421
  • Qabul qilingan sana:19.07.2006
  • Kuchga kirgan sana:19.07.2006
  • Holati:Amalda

Sogʻliqni saqlash tizimini isloh qilish Davlat dasturiga muvofiq hamda respublika shaharlari va qishloq tumanlarida shoshilinch tibbiy yordam tizimini yanada mustahkamlash, ularni zamonaviy tashxis va tibbiy uskunalar bilan jihozlash, shuningdek Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi bilan hamkorlikni rivojlantirish maqsadida:

1. Quyidagilar maʼlumot uchun qabul qilinsin:

Quvayt arab iqtisodiy taraqqiyot jamgʻarmasi (QAITJ) Oʻzbekiston Respublikasiga 6 mln. Quvayt dinori (ekvivalenti 20,55 mln. AQSh dollariga teng) miqdordagi qarzni “Tuman va shahar markaziy kasalxonalarining 171 ta shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarini tibbiy uskunalar bilan jihozlash” loyihasini amalga oshirish maqsadida toʻrt yillik imtiyozli davrni ham hisobga olganda 24 yil muddatga berilishini maʼqulladi;

QAITJ mablagʻlari 2006-yil 22-iyunda imzolangan Oʻzbekiston Respublikasi bilan QAITJ oʻrtasida loyihani moliyalashtirish toʻgʻrisidagi 726-sonli Qarz bitimi asosida Oʻzbekiston Respublikasiga beriladi.

2. Belgilansinki:

Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi qarz mablagʻlaridan QAITJ tartib-qoidalariga muvofiq maqsadli foydalanish, shuningdek mazkur loyihaning imzolangan Qarz bitimi va amalga oshirish jadvaliga muvofiq samarali roʻyobga chiqarilishi uchun masʼul boʻlgan ijro etuvchi agentlik hisoblanadi;

asosiy qarzni uzish, kredit xizmatlari bilan bogʻliq foizlar, komissiyalar va sarf-xarajatlarni toʻlash davlat budjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

3. Quyidagilar:

loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari bilan 1-ilovaga muvofiq;

QAITJ tomonidan berilgan qarzni toʻlashning prognoz jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

4. Oʻzbekiston Respublikasi moliya vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi nomidan QAITJ bilan Qarz bitimini imzolash vakolati berilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan QAITJ oʻrtasidagi Qarz bitimi boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa taqdim etsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi:

loyiha doirasida bajariladigan ishlar va xizmatlarning muvofiqlashtirilishini taʼminlash uchun loyihani amalga oshirish davrida vazirlik tuzilmasida loyihani bajarish boʻyicha xodimlar soni uch kishidan iborat boʻlim tashkil etilib, uning faoliyatini har yili sogʻliqni saqlashga ajratiladigan budjet mablagʻlari doirasida moliyalashtirishni nazarda tutsin;

Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda loyiha doirasida sotib olinadigan zamonaviy tibbiy uskunalar yetkazib berila boshlashdan avval tuman va shahar markaziy kasalxonalarining shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarida ularni oʻrnatish uchun xonalarni tayyorlash boʻyicha zarur choralar koʻrsin.

7. Quyidagilar:

QAITJ qarzi hisobidan loyihani amalga oshirish doirasida QAITJ hamda boshqa xorijiy qatnashchilar Oʻzbekiston Respublikasi hududida toʻlov manbaidan undirib olinadigan foyda soligʻi toʻlashdan;

QAITJ qarz mablagʻlari hisobidan import boʻyicha olib kelinadigan tovarlar (ishlar va xizmatlar) bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod etilsin.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining talabnomalariga koʻra mazkur loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarning kirish vizalarini konsullik yigʻimi va boshqa yigʻimlar undirib olinmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirishni taʼminlasin.

9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligining talabnomalariga koʻra, loyihani amalga oshirishda ishtirok etayotgan xorijiy mutaxassislarga koʻp martalik vizalar berish va ularning muddatini uzaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatda turish va uning muddatini uzaytirishni taʼminlasin hamda ular davlat boji toʻlashdan ozod qilinsin.

10. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari R.S. Azimov va R.S. Qosimov zimmalariga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2006-yil 19-iyul,

PQ-421-son

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-iyuldagi PQ-421-son qaroriga1-ILOVA

“Tuman va shahar markaziy kasalxonalarining 171 ta shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarini tibbiy uskunalar bilan jihozlash” loyihaning texnik-iqtisodiy hisob-kitobi asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari

* Yakuniy qiymat koʻrsatkichlari belgilangan tartibda tender natijalariga koʻra aniqlanadi. 1 Quvayt dinori — 3,4249 AQSh dollari hisobida qabul qilingan.

** Foizlar toʻlovlari miqdori qarzni tanlash sanasiga muvofiq aniqlashtirib boriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 19-iyuldagi PQ-421-son qaroriga2-ILOVA

“Tuman va shahar markaziy kasalxonalarining 171 ta shoshilinch tibbiy yordam boʻlimlarini tibbiy uskunalar bilan jihozlash” loyihasi boʻyicha QAITJ qarzni soʻndirish hamda foizlar va komissiyalar toʻlashning

* 1 Quvayt dinori — 3,4249 AQSh dollari hisobida qabul qilingan.

** Toʻlov summalari qarzlarning amalda oʻzlashtirilish sanasidan kelib chiqib aniqlanadi.

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.