PQ-1431-son Qaror · 09.11.2010

Qurbon hayitini nishonlash toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-1431
  • Qabul qilingan sana:09.11.2010
  • Kuchga kirgan sana:09.11.2010
  • Rasmiy nashr:Ведомости палат Олий Мажлиса 11

Muborak Qurbon hayitining maʼnaviy hayotimizdagi oʻrni va ahamiyatini, xalqimizga xos mehr-muruvvat, bagʻrikenglik va saxovat ifodasi ekanini eʼtiborga olib hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Diniy bayram — Qurbon hayitini dam olish kuni deb eʼlon qilish haqida” gi 1991-yil 20-iyundagi PF-221-son Farmoniga muvofiq:

1. 2010-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-noyabrga toʻgʻri kelishi haqida Oʻzbekiston musulmonlari idorasining murojaatini inobatga olib, 2010-yil 16-noyabr dam olish kuni deb belgilansin va mamlakatimizda bayram sifatida keng nishonlansin.

2. Respublika “Nuroniy”, “Mahalla” jamgʻarmalari, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati va boshqa barcha mutasaddi davlat va jamoat tashkilotlari Qurbon hayitining joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda oʻtishi uchun tegishli tadbirlarni amalga oshirsin.

3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi va boshqa ommaviy axborot vositalariga bayram tadbirlarini keng yoritish tavsiya etilsin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2010-yil 9-noyabr,

PQ-1431-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.