Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “2011 — 2015-yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting koʻrsatkichlariga erishishning ustuvor yoʻnalishlari toʻgʻrisida” 2010-yil 26-noyabrdagi PQ-1438-sonli qaroriga muvofiq:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Bank tizimining moliyaviy barqarorligini yanada oshirish va investitsiyaviy faolligini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2010-yil 6-apreldagi PQ-1317-sonli qarorining 1-bandi, shuningdek uning 1-ilovasi 2011-yilning 1-yanvaridan boshlab oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankining raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I.KARIMOV
Toshkent sh.,
2011-yil 4-yanvar,
PQ-1461-son