PF-434-son Farmon · 03.07.1992

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligini Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligiga aylantirish toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Farmon
  • Raqami:PF-434
  • Qabul qilingan sana:03.07.1992
  • Kuchga kirgan sana:03.07.1992
  • Holati:Amalda
  • Rasmiy nashr:Ведомости Верховного Совета 8

Oʻzbekiston Respublikasining “Mudofaa toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq hamda 1992-yilning 1-iyulidan Turkiston harbiy okrugi boshqarmasi tarqatilganligi va oʻz faoliyatini toʻxtatganligi munosabati bilan:

1. Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa ishlari vazirligi Oʻzbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligiga aylantirilsin.

2. Oʻzbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi bir oy muddat ichida ushbu masala yuzasidan qaror qabul qilsin.

Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

1992-yil 3-iyul,

PF-434-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.