PQ-592-son Qaror · 23.02.2007

Toshkent shahridagi Hazrati Imom (Hastimom) meʼmoriy majmuasida qurilish-taʼmirlash, qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida

Rekvizitlar

  • Hujjat turi:Qaror
  • Raqami:PQ-592
  • Qabul qilingan sana:23.02.2007
  • Kuchga kirgan sana:23.02.2007

1. Oʻzbekiston Musulmonlari idorasi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Fanlar Akademiyasi, Respublika maʼnaviyat targʻibot markazi hamda bir guruh jismoniy va yuridik shaxslarning tashabbusi bilan Toshkent shahar hokimligi qoshida Hazrati Imom (Hastimom) jamoatchilik jamgʻarmasi taʼsis etilgani maʼlumot uchun qabul qilinsin:

2. Hazrati Imom meʼmoriy majmuasi qurilishini (keyingi oʻrinlarda — majmua) oʻz vaqtida tugallash va foydalanishga topshirish maqsadida quyidagilar:

Hazrati Imom jamoatchilik jamgʻarmasi — majmua qurilishining buyurtmachisi etib;

“ToshboshplanLITI” instituti, Madaniyat va sport ishlari vazirligining Tarixiy va arxitektura yodgorliklarni saqlash ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, “Neftgazsanoatloyiha” masʼuliyati cheklangan jamiyati — majmua qurilishining loyihalovchilari etib;

Madaniyat va sport ishlari vazirligining Tarixiy va arxitektura yodgorliklarni saqlash ilmiy ishlab chiqarish bosh boshqarmasi, “Neftgazmontaj” masʼuliyati cheklangan jamiyat — bosh pudratchilar etib belgilansin.

3. Majmua qurilishini loyihalash ishlarini yakunlash muddati etib — 2007-yil 1-aprel;

qurilish-taʼmirlash, qayta tiklash va obodonlashtirish ishlarini yakunlash muddati etib — 2007-yil 1-avgust belgilansin.

4. Obyektlarning qurilishini va pardozlash ishlarini belgilangan muddatda bajarish va foydalanishga topshirish uchun majmua qurilishida loyihalash va qurilish ishlarini bir vaqtda amalga oshirilishiga ruxsat etilsin.

5. Toshkent shahar hokimligi (A.Toʻxtayev), Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi bilan birgalikda Hazrati Imom jamoatchilik jamgʻarmasi tomonidan majmuada qurilish-taʼmirlash, qayta tiklash va obodonlashtirish ishlari uchun ajratiladigan mablagʻlarni maqsadli va samarali sarflanishini taʼminlansin.

6. Bosh pudratchilar majmua qurilishida zarur boʻlgan asbob-uskunalar va qurilish materiallari boʻyicha tuzilgan import kontraktlar boʻyicha bojxona toʻlovlarini (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan ozod qilinsin.

7. “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi (A.Toxtayev) loyiha-smeta hujjatlarini Davlat ekspertizasidan oʻtkazilishini taʼminlasin hamda ishlab chiqiladigan loyiha-smeta hujjatlariga muvofiq meʼmoriy majmuada qayta tiklash, qurilish-taʼmirlash va obodonlashtirish ishlarining sifatli bajarilishini doimiy tarzda nazoratga olsin.

8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV

Toshkent sh.,

2007-yil 23-fevral,

PQ-592-son

Bu hujjat sizga qanday ta'sir qiladi?

HuquqTech hujjat va qonun moddalariga tayanib, savolingizga oddiy tilda javob beradi.

AI'dan bepul so'rash

Matn lex.uz rasmiy manbasidan olingan va avtomatik yangilanadi. Huquqiy ahamiyatga ega qarorlar uchun rasmiy nashrga va malakali mutaxassisga murojaat qiling.